Startup Base [Powered by IT Park] logo

Inkubator va akseleratorlar uchun mentorlarni jalb qilish xarajatlarini qoplash

Bu dastur O‘zbekistondagi inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini tashkil etuvchi yuridik shaxslarga mentor va trener jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizgacha qismini kompensatsiya qilishga mo‘ljallangan.

Kimlar ariza topshirishi mumkin:

  • O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar.
  • startupbase.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tgan startaplar ekotizimi ishtirokchilari
  • Kamida 1 yillik faoliyatga ega yuridik shaxslar.
  • Portfelida kamida 2 ta muvaffaqiyatli inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini amalga oshirganlar.
  • Dastur yakunida Demo Day o‘tkazganlar (startaplar investorlar oldida chiqish qilgan bo‘lishi kerak).

Qanday xarajatlar qoplanadi:

  • Mentor va trenerlarga to‘langan xizmat haqi.
  • Shartnoma, dalolatnoma, hisob-faktura, to‘lov topshiriqnomasi, bank ko‘chirmalari asosida tasdiqlangan xarajatlar.
  • 50% gacha kompensatsiya qilinadi.
  • Yillik limit: 50 000 USD ekvivalentida (kalendary yil ichida).
  • Ariza yiliga 2 marta topshirilishi mumkin.

Kerakli hujjatlar ro‘yxati:

  • Yakuniy hisobot (dastur natijalari, ishtirokchilar va mentorlar ro‘yxati, fotohisobot).
  • Mentor/trener bilan tuzilgan shartnoma va/yoki kelishuvlar.
  • Ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha dalolatnomalar.
  • To‘lov topshiriqnomalari, bank ko‘chirmalari (zarur hollar uchun).
  • Moliyaviy hisobot (haqiqiy xarajatlar).
  • Cheklar, hisob-fakturalar, boshqa moliyaviy hujjatlar.

Ko'rib chiqish tartibi:

1. Dastlabki baholash:

  • startupbase.uz platformasida ariza topshiriladi.
  • Avtomatik tarzda dastur qiymati va kompensatsiya limiti hisoblab beriladi.

2. Asosiy ariza topshirish:

  • Asosiy ariza topshirish:
  • Dastur yakunlangach, barcha hujjatlar bilan platforma orqali topshiriladi.

3. Ekspert bahosi:

  • Direksiya arizani tekshiradi (5 ish kuni).
  • Ekspert komissiyasi ko‘rib chiqadi (10 ish kuni).
  • Qaror: ma’qullash yoki rad etish.

4. To‘lov:

  • Qaror ijobiy bo‘lsa, Direksiya bilan bitim tuziladi.
  • 10 bank kuni ichida mablag‘ da’vogarning hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Agar xatolar aniqlansa, ariza elektron pochta orqali bildirishnoma bilan qayta ko'rib chiqish uchun yuboriladi. startupbase.uz saytidagi shaxsiy kabinetingizga tuzatishlar kiritiladi, shundan so‘ng ariza qayta topshiriladi.