Aktivlari 50 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan xorijiy venchur fondlaridan mablag‘ jalb qilgan startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan investitsiya mablag‘larini taqdim etish mexanizmi mavjud
Kimlar ariza topshirishi mumkin:
O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar.
Raqamli startaplar dasturiga ariza topshirgan va startupbase.uz platformasida saralovdan muvaffaqiyatli o‘tgan startaplar.
Aktivlari 50 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan xorijiy venchur fondlaridan mablag‘ jalb qilgan startaplar.
Qanday xarajatlar qoplanadi:
Jalb etilgan investitsiyalarga mutanosib, ammo 100 000 AQSH dollaridan oshmaydigan investitsiya mablag‘lari.
Ko'rib chiqish tartibi:
Ariza Venchur fondi tomonidan 15 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatlarning to‘liqligi va talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
Qaror Investitsiya qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadi.
Ma’qullanganda, ariza beruvchi investitsiya shartnomasini imzolaydi va mablag‘lar 5 bank ish kuni ichida bank hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Rad etish uchun asoslar:
To‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar.
Nizom talablariga mos kelmaslik.
Jalb qilingan mablag‘lardan maqsadsiz foydalanish.
Xatolar aniqlansa, ariza elektron pochta orqali xabarnoma yuborilgan holda qayta ishlash uchun qaytariladi. Tuzatishlar startupbase.uz saytidagi shaxsiy kabinetda kiritiladi, shundan so‘ng ariza qayta topshiriladi.