Qashqadaryoda AI Hackathon bo‘lib o‘tadi

Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy (Qarshi davlat universiteti)
10-Dekabr
, 01:00
Qarshi shahrida 11–12 dekabr kunlari sun’iy intellektga asoslangan yechimlar yaratishga qaratilgan AI Hackathon Kashkadarya tadbiri o‘tkaziladi. Uchrashuv hududdagi yoshlar, startap jamoalari va texnologiya ixlosmandlari uchun amaliy loyihalar ustida ishlash va o‘z g‘oyalarini namoyish etish imkoniyatini yaratadi.
Hackathon quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
— Tibbiyot
— Energetika
— Qishloq va suv xo‘jaligi
— Qurilish
— Ta’lim
— Ijtimoiy himoya
— Bandlik
Ishtirokchilar AI yordamida amaliy yechim ishlab chiqishi va 5 kishigacha bo‘lgan jamoalarda qatnashishi kerak.
AI Hackathon Kashkadarya yoshlar uchun texnologiyalar yordamida real muammolarga yechim topish, jamoa bo‘lib ishlash va yangi ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun ochiq platforma bo‘lib xizmat qiladi.
10-Dekabr
, 01:00
Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy (Qarshi davlat universiteti)