Hello Tomorrow Challenge — dunyodagi eng yirik deep tech tanloviga arizalar qabul qilinmoqda

location
30-Noyabr
, 01:00
Hello Tomorrow Challenge 2026 tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu — butunlay deep tech startaplariga bag‘ishlangan, dunyodagi eng yirik va eng uzoq davom etayotgan xalqaro tanlovlardan biri. Tanlov ilg‘or kompyuter texnologiyalari, biotexnologiya, energetika, iqlim texnologiyalari, aerokosmik sanoat, yangi materiallar va boshqa strategik yo‘nalishlardagi ilmiy-texnologik innovatsiyalarni aniqlashga qaratilgan.
Ishtirok mutlaqo bepul va 120+ davlatdan startaplar uchun ochiq.
Ko‘lam va global ahamiyat
Har yili tanlovda:
— 4 500+ ariza,
— 120+ mamlakat,
— 850+ Deep Tech Pioneer maqomiga ega startaplar,
— finalchilar va alumnilar tomonidan €27 mlrd+ investitsiya jalb qilingan.
Hello Tomorrow Challenge deep tech ekotizimining global standartlaridan biri sifatida tan olingan.
Startaplar uchun afzalliklar
Deep Tech Pioneer (DTP) sifatida tanlangan startaplar:
— 1 300+ VC & CVC investorlar bazasiga kirish imkoniga ega bo‘ladi
— global deal-flow bazasiga qo‘shiladi
— korporativ innovatsiya loyihalari uchun tanlov bazasiga kiritiladi
— yirik deep tech tadbirlarida ishtirok etish imkoniyatini oladi
— xalqaro hamkorlik ekotizimlariga ulanishi mumkin (masalan, Slingshot Singapore)
— Hello Tomorrow Summit 2026’da Investor Day tadbirida ishtirok etadi
— Top 100 Finalists ro‘yxatiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi
Mukofot jamg‘armasi (2026)
— €100 000 — Grand Winner
— €20 000 — Public Choice
— €10 000 — Emerging Pioneer
2026 yo‘nalishlari
Tanlovda 15 ta deep tech yo‘nalishi mavjud:
- Advanced Computing;
- Kiberxavfsizlik;
- Semiconductors;
- Aerospace;
- Digital Health;
- Energetika;
- Climate Tech;
- AgriTech;
- Industrial Biotech;
- Robotics;
- AI Horizons;
- Sustainable Construction;
- Transport Tech;
- Emerging Pioneers.
Muddatlar
Finalchilar 11–12-iyun kunlari Amsterdamda bo‘lib o‘tadigan Hello Tomorrow Summit 2026 tadbirida sahnaga chiqadilar.
30-Noyabr
, 01:00
location