CEVF 2026 Toshkentda Startup Alley uchun arizalar ochildi

location
03-Aprel
, 01:00
Startup Alley CEVF 2026 doirasida startaplar uchun eshiklarini ochmoqda! Bu — biznesingizni investorlar, korporativ hamkorlar va xalqaro ekspertlar oldida taqdim etish imkoniyati. Tadbir 2026-yil 3-aprelda bo‘lib o‘tadi.
Startup Alley - bu forumning markaziy maydonida joylashgan bo‘lib, startaplarga yuqori ko‘rinish va kun davomida investorlar, fondlar hamda korporatsiyalar bilan samarali muloqot qilish imkonini beradi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin:
- Minimal ishlovchi mahsulot (MVP) va tractionga ega startaplar
- Investitsiyaga tayyor loyihalar
- Xalqaro bozorga chiqmoqchi bo‘lgan asoschilar
- Hamkorlar yoki pilot loyihalar qidirayotgan jamoalar
Ishtirokchilarga nimalar taklif etiladi:
- Faol va professional auditoriya — mahsulotingizni investorlar, fondlar va korporativ hamkorlar oldida namoyish etish imkoniyati
- Ajratilgan promo-maydon: uchrashuvlar uchun joy, mahsulotni namoyish qilish ekrani va materiallar tarqatish
- Forumdan keyingi ko‘rinish — pitch deck barcha ishtirokchilarga, jumladan investorlar va korporativ hamkorlarga tarqatiladi
- Asosiy CEVF dasturiga uchta Silver chipta: konferensiyalar, networking va yopiq sessiyalarda qatnashish
Startup Alley MVP va tractionga ega startaplar, investitsiyaga tayyor loyihalar, xalqaro bozorga chiqmoqchi bo‘lgan asoschilar va hamkorlar izlayotgan jamoalar uchun mo‘ljallangan.
Joylar cheklangan, shuning uchun imkoniyatni boy bermang! Arizalarni rasmiy sayt orqali topshirish mumkin: ventureforum.asia
03-Aprel
, 01:00