Xitoy bozori Markaziy Osiyo startaplari uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Shenjen, Xitoy
26-Dekabr
, 01:00
Khan Tengri Innovation Hub va Hong Kong–Shenzhen Innovation & Technology Park (HSITP) o‘rtasidagi yangi hamkorlik Markaziy Osiyo — jumladan O‘zbekiston va Qozog‘iston — startaplari uchun Xitoy bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkonini yaratadi. Endi mintaqa jamoalari SPIN, IGNITE va GAS inkubatsiya dasturlarida ishtirok etib, Gonkong va Shenchjenning yetakchi ilmiy-texnologik infratuzilmasidan foydalanishi mumkin.
HSITP — Gonkong va Shenchjen chegarasidagi Lok Ma Chau Loop hududida joylashgan 87 gektarlik innovatsion park bo‘lib, Gonkongning huquqiy va moliyaviy tizimi bilan Xitoyning texnologik resurslarini birlashtiradi. Parkda 70+ xalqaro va mahalliy hamkorlar, laboratoriyalar, R&D markazlari, ofislar va inkubatsiya uchun zarur infratuzilmalar mavjud.
Dasturlarning afzalliklari:
— to‘liq equity-free (kompaniyadan ulush talab qilinmaydi)
— grantlar: SPIN (150 000 HKD gacha), IGNITE (6 mln HKD gacha), GAS (6 mln HKD gacha)
— laboratoriyalar va ofislar bepul taqdim etiladi
— global hamkorlik tarmoqlariga ulanish
— texnik, huquqiy va biznes bo‘yicha kompleks ko‘mak
Muhim sanalar:
— 5-dekabr 2025 — onlayn infosessiya (ro'yxatdan o'tish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdvs7fUf0CIzmf71WsgwPbnUfozlq0J_xph_Cu0I4rf6qi41Q/viewform)
— 26-dekabr 2025 — ariza topshirish muddati
— 2026-yanvar — saralash va suhbat
— 2026-fevral — natijalar e’lon qilinadi
— 2026-bahor–yoz — dasturlarni boshlash
Startaplar uchun qo‘shimcha maslahatlar va arizaga tayyorgarlik bo‘yicha yordamni Khan Tengri Innovation Hub ko‘rsatadi.
26-Dekabr
, 01:00
Shenjen, Xitoy