DOMiNO Global Synch: Toshkentda xalqaro investorlar uchrashuvi

Toshkent, O'zbekiston
04-Dekabr
, 07:00
DOMiNO Ventures Toshkentda DOMiNO Global Synch nomli yopiq formatdagi xalqaro investorlar gathering’ini o‘tkazmoqda. Tadbir venture fondlari, FoF boshqaruvchilari, institutsional investorlar, DFI va ekotizim yetakchilarini bir maydonga jamlaydi.
Bu — Markaziy Osiyo startaplari va texnologik ekotizim ishtirokchilari uchun global investorlar bilan bevosita bog‘lanish va xalqaro maydonga chiqish uchun noyob imkoniyat.
Nima uchun muhim
DOMiNO Global Synch xalqaro kapitalning Markaziy Osiyoga kirib kelishi uchun yangi eshik ochadi, startaplar va korporatsiyalar uchun keng ko‘lamli hamkorlik imkoniyatlarini yaratadi.
Global investorlar bilan uchrashuvlar
VC, FoF, institutsional investorlar va yangi bozorlarga qiziqqan ekotizim o‘yinchilari bilan muloqot.
Yopiq professional networking
Faqat tasdiqlangan ishtirokchilar — samarali aloqalar uchun ideal muhit.
Xalqaro ko‘rinuvchanlik
Mahsulotingiz yoki kompaniyangizni global investorlar va ekotizim liderlariga taqdim etish imkoniyati.
Venture fondlaridan real insaytlar
Investorlar nimani izlaydi, qanday loyihalarga e’tibor qaratadi va Markaziy Osiyo bozori ular uchun nimasi bilan qiziq — barchasi shu yerda yoritiladi.
Hamkorlik uchun keng imkoniyatlar
Qo‘shma loyihalar, birgalikdagi investitsiyalar, hamkorlik dasturlari va yangi bozorlar sari yo‘l.
Format
Tadbir invite-only tarzida o‘tkaziladi va token-gated kirish talab etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish majburiy va moderatsiya orqali tasdiqlanadi.
Kimlar uchun
- global o‘sishga tayyor startaplar
- venture fondlar va biznes farishtalar
- korporativ innovatsiya markazlari
- akseleratorlar va ekotizim operatorlari
- texnologiya sohasidagi davlat tashkilotlari
Mintaqaning yangi venchur bosqichi
DOMiNO Global Synch Markaziy Osiyoni jadal rivojlanayotgan innovatsion markaz sifatida mustahkamlab, mahalliy startaplarga xalqaro hamkorlar va investitsiyalar bilan bog‘lanish imkoniyatini yaratadi.
04-Dekabr
, 07:00
Toshkent, O'zbekiston