Go-to-Market Seriyalari: Xitoyga kirish

location
27-Fevral
, 09:00
IT Park Uzbekistan o‘z a’zolari uchun xorijiy mamlakatlardagi istiqbolli startap bozorlar va ulardagi imkoniyatlar haqida turkum onlayn sessiyalarni yo‘lga qo‘ymoqda. Xususan, 27-fevral kuni ilk manzil — Xitoy bozori va uning innovatsion ekotizimiga bag‘ishlangan maxsus mentorlik dasturi o‘tkaziladi.
«Go-To-Market Session» seriyasi xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirayotgan startaplar va texnologik kompaniyalar uchun mo‘ljallangan. Xitoy bozori haqidagi onlayn sessiya Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlanadi.
Dastur davomida ishtirokchilarga Xitoy innovatsion muhiti, yuqori talabga ega texnologiyalari, bozorga kirish mexanizmlari hamda hamkorlik va investitsiya imkoniyatlari bo‘yicha amaliy ma’lumotlar taqdim etiladi.
Ishtirokchilar ekotizim vakillaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot olish, savollarini bevosita jonli shaklda berish va noyob tajriba orttirish imkoniga ega bo‘ladi.
Sessiya interaktiv, amaliy va muloqotga boy bo‘ladi, qatnashchilarda mazmunli aloqalar, real tahlil va foydali maslahatlar olish imkoniyati bo‘ladi.
Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
— Xitoy va Gonkong bozori hamda innovatsion parklari bo‘yicha umumiy sharh;
— Siming Future Science and Technology Park (Syamen) taqdimoti;
— Savol-javob sessiyasi.
Tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
27-Fevral
, 09:00