IT Park Uzbekistan va IT Park Ventures 5 kunlik onlayn intensiv — angel va venchur investitsiyalari bo‘yicha dasturini boshlaydi

location
03-Dekabr
, 01:00
IT Park Uzbekistan va IT Park Ventures Silkroad Innovation Hub hamda Silkroad Angels Club hamkorligida 5 kunlik angel va venchur investitsiyalari bo‘yicha onlayn intensivi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini e’lon qiladi.
Dastur startaplarga investitsiya kiritish jarayonini chuqur o‘rganmoqchi bo‘lgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
Maqsadli auditoriya
-
yangi va faol biznes farishtalar (business angels)
-
xususiy investorlar
-
texnologik tadbirkorlar va startap mentorlari
-
venchur fondlarining menejerlari va boshqaruvchi hamkorlari
-
moliyaviy maslahatchilar
-
Private Banking va Family Office rahbarlari
Intensiv dasturi
-
4-dekabr, 09:30–12:00 — Angel va venchur investitsiyalari asoslari, kirish darsi
-
5-dekabr, 10:00–12:00 — Startaplar bo‘yicha due diligence metodologiyasi
-
8-dekabr, 19:00–21:00 — Startaplarni baholash usullari
-
9-dekabr, 10:00–12:00 — Bitimlarning yuridik jihatlari, portfel boshqaruvi, chiqish strategiyalari
-
11-dekabr, 10:00–12:00 — Mehmon ma'ruzasi, startap pitchlari va sertifikat topshirish marosimi
Spikerlar
-
Aset Abdualiev — Founder & CEO, Silkroad Innovation Hub
-
Aleksandr Soroka — Managing Partner, Network VC
-
Danil Kislinkiy — General Partner, GGW Ventures
-
Abay Absamet — Co-Founder & Managing Partner, Silkroad Angels Club
-
Aleks Ravskiy — Corporate Lawyer, Nebo Legal
-
Ramon Juraboyev — Founder & CEO, VenElite
Dastur investitsiyalar bo‘yicha tizimli bilimlarni olish, startaplarni baholashning zamonaviy metodlarini o‘rganish va venchur bitimlarini to‘g‘ri tuzish ko‘nikmalarini egallash uchun noyob imkoniyat yaratadi.
03-Dekabr
, 01:00
location