IT Park va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti xalqaro AI-xakatonni e’lon qiladi
Туринский Политехнический Университет в Ташкенте
23-may
, 04:00
“AI Hackathon 2025” ikki asosiy yo‘nalishda ilg‘or yechimlarni rivojlantirish uchun kuchliturtki bo‘ladi:
• Sun’iy intellekt (AI)
• Kiberxavfsizlik
Ishtirokchilarni intensiv g‘oyalar marafoni kutmoqda, unda ular real texnologik muammolarnihal qilish, innovatsion yechimlar yaratish va o‘z loyihalarini soha mutaxassislariga taqdim etishimkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Nega qatnashish kerak?
• Yevropa tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan yetakchi universitetlardan biri bilanhamkorlik orqali xalqaro tajribaga ega bo‘ling;
• Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalaridagi ilg‘or ishlanmalarni yaqindan o‘rganing;
• Turli mamlakatlardan kelgan dasturchilar, tadbirkorlar va hamfikrlar bilan tanishing;
• Sovrinlar, e’tirof va loyihangizni kengaytirish imkoniyati uchun bellashing.
Bu hakaton kimlar uchun?
• Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlikka qiziqqan oliy o‘quv yurtlari talabalari
• O‘z malakasini real sharoitlarda qo‘llashga tayyor bo‘lgan dasturchilar va muhandislar
• Zamonaviy raqamli yechimlar bilan shug‘ullanishga qiziqqan yosh mutaxassislar vahavaskorlar
• Xalqaro hamkorlikni izlayotgan startaplar va innovatorlar
• AI va axborot xavfsizligi sohalaridagi tendensiyalarni o‘rganayotgan tadqiqotchilar vao‘qituvchilar
Ta’lim, texnologiyalar va xalqaro hamkorlik chorrahasidagi yirik tadbirda qatnashishimkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Toshkentda o‘tkaziladigan “Turin x IT Park: AI Hackathon 2025” tadbirida ishtirok eting vasun’iy intellekt hamda kiberxavfsizlik qanday qilib raqamli innovatsiyalar kelajaginishakllantirayotgani, shuningdek, mahalliy va global miqyosda o‘sish uchun yangi ufqlarochayotganini bilib oling.
23-may
, 04:00
Туринский Политехнический Университет в Ташкенте