Tashkent’da CEVF 2026 doirasida MOST Investable Battle o‘tkaziladi

location
02-Aprel
, 19:00
3-aprel kuni Tashkent shahrida Central Eurasia Venture Forum doirasida yillik MOST Investable Battle startap tanlovi bo‘lib o‘tadi. Tanlab olingan jamoalar o‘z loyihalarini investorlar va venchur ekotizimi vakillaridan iborat hakamlar hay’ati oldida taqdim etadi.
Tanlov Pre-seed va Seed bosqichidagi O‘zbekiston startaplari uchun mo‘ljallangan. Ishtirokchilar MVP’ga, kamida $1 000 miqdoridagi MRR ko‘rsatkichiga va kamida ikki kishilik jamoaga ega bo‘lishi kerak.
G‘oliblar Investment Readiness Accelerator Tashkent dasturining ikkinchi oqimida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Dastur startaplarni investitsiya jalb qilishga tayyorlash va investorlar bilan tizimli ishlashga yo‘naltirilgan.
MOST Investable Battle forum dasturining bir qismi sifatida har yili o‘tkaziladi va yuqori salohiyatga ega startaplarni keyingi akseleratsiya bosqichiga saralash maydoni hisoblanadi.
Ariza topshirish muddati - 15-mart.
02-Aprel
, 19:00