Qashqadaryoda “Promising IT Projects” ideatoni start oldi!

IT Park Qashqadaryo
22-Oktabr
, 01:00
Qashqadaryo viloyatida o‘z g‘oyalarini haqiqiy texnologik yechimlarga aylantirish istagida bo‘lgan iqtidorli yosh innovatorlarni jamlagan “Promising IT Projects” ideatoni rasman boshlandi.
IT Park Uzbekistan tomonidan tashkil etilayotgan bu tadbir 2025-yilning 24–25-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi va ishtirokchilar atigi ikki kun ichida o‘z startap g‘oyalarini minimal hayotiy mahsulotlarga (MVP) aylantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Yo‘nalishlar:
Sun’iy intellekt | Sog‘liqni saqlash texnologiyalari | Energetika | Agrotexnologiyalar | Qurilish | Ta’lim texnologiyalari | Ijtimoiy himoya | Bandlik | Turizm | Moliyaviy texnologiyalar
G‘oyangizni natijaga aylantirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang — Qashqadaryoning rivojlanayotgan texnologiya olamining bir qismiga aylaning!
22-Oktabr
, 01:00
IT Park Qashqadaryo