Startup Advice va universitetlarda o‘tkazilgan treninglar natijalari

location
18-Dekabr
, 01:00
IT Park Uzbekistan va Startup Base haftalik Startup Advice sessiyalari hamda universitetlarda o‘tkazilayotgan treninglar orqali yoshlar va startap asoschilarini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqda.
Startup Advice haftalik natijalari:
-
15 dan ortiq ishtirokchi
-
10 ta startap
-
5 ta oflayn sessiya
-
5 ta onlayn sessiya
Sessiyalarda ishtirokchilarga g‘oyani mahsulotga aylantirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar, investitsiya jalb qilish imkoniyatlari va innovatsion startaplar yaratish bo‘yicha metodlar taqdim etildi.
TOOB University — Inkubatsiya Treningi
20 nafar ishtirokchi startap g‘oyalarini validatsiya qilish, muammoni tahlil qilish va mijozlar ehtiyojini aniqlash bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashdi.
University of Business and Science — Startup Session
40 nafar talaba va yosh mutaxassis startap ekotizimi, tadbirkorlik asoslari hamda g‘oyadan mahsulotgacha bo‘lgan jarayon bilan tanishdi.
IT Park Uzbekistan mazkur sessiyalar orqali yoshlarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Keyingi Startup Advice sessiyasida ishtirok etishni istaganlar ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
"Startup Advice" ishtirokchilari, shuningdek, startaplarga "1+1" dasturlari, venchur kreditlash, patentlarni himoya qilish, startaplar uchun IT vizalar, tartibga solish qumdoni, mentorlik, inkubatsiya va akseleratsiya, investitsiya imkoniyatlari va xalqaro bozorlarga chiqishni taqdim etuvchi "IT Park Uzbekistan" xalqaro tashabbusi - "Digital Startup Awards" dasturi doirasida o‘z loyihalarini rivojlantirishni davom ettirishlari mumkin. Tafsilotlar va ro‘yxatdan o‘tish Startup Base platformasida mavjud.
18-Dekabr
, 01:00