Slush 2025 in Helsinki

Xelsinki, Messukeskus ko‘rgazma va anjumanlar markazi
19-Noyabr
, 07:00
Ochiq tanlov: Xelsinkida o‘tkaziladigan Slush 2025’da ishtirok eting!
Slush — dunyodagi eng yirik startap konferensiyalari va texnologik tadbirlaridan biri bo‘lib, u startap asoschilari, investorlar va ekotizim vakillarini quyidagi noyob formatda birlashtiradi:
Asosiy ma’ruzalar, panel muhokamalari va seminarlar o‘tkaziladigan konferensiya sahnalari
Startap-investor uchrashuvlari va mentorlik sessiyalari uchun netvorking platformalari
Startaplar, hamkorlar va texnologik kompaniyalar ko‘rgazmalari joylashgan ekspo hududi
Bu yil Slush konferensiyasida 6000+ startap, 3500+ investor va 1700+ hamkor hamda ekotizim ishtirokchilari kutilmoqda.
Imkoniyat: O‘zbekistondan 4 ta startap tanlab olinadi va konferensiyada ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.
Ariza topshirish muddati: 2025-yil 7-oktyabr
Ariza topshiring: https://forms.cloud.microsoft/r/DmSctRAzWz
Slush 2025’da o‘z startapingizni jahon miqyosida namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
19-Noyabr
, 07:00
Xelsinki, Messukeskus ko‘rgazma va anjumanlar markazi