Startup Advice: Uchrashuv natijalari

location
19-Fevral
, 10:00
12-fevral kuni startap asoschilari uchun Startup Advice sessiyasi tashkil etildi. Sessiya davomida startap ekotizimidagi jamoalarga amaliy maslahatlar berildi.
Sessiyada jami 11 nafar faunder ishtirok etdi. Ularning 7 tasi asosiy fokus sifatida tanlab olinib, ular bilan 3 ta oflayn uchrashuv hamda 8 ta onlayn sessiya o‘tkazildi. Shuningdek, ayrim loyihalar bo‘yicha muayyan yo‘nalishlarda chuqurroq ishlash zarurati tufayli yana 4 ta qo‘shimcha muhokama tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida startaplarni rivojlantirishga oid muhim masalalar muhokama qilindi: g‘oyani validatsiya qilish va biznes modelining hayotiyligini tekshirish, bozor hamda maqsadli auditoriyani tahlil qilish, investitsiya jalb qilishga tayyorgarlik (raund tuzilmasi, investorlar talablari, kelishuv shartlari), shuningdek, taqdimot materiallarini takomillashtirish.
Tadbir yakunida har bir jamoa strukturallashtirilgan fikr-mulohaza (feedback) hamda keyingi bosqichlar uchun individual yo‘l xaritasini oldi. Bu esa startaplarning strategik qarorlarini aniqroq belgilash va o‘sish sur’atlarini tezlashtirishga xizmat qiladi.
Startup Advice sessiyalari doimiy ravishda har hafta payshanba kuni o‘tkaziladi. Navbatdagi uchrashuv 19-fevral kuni soat 15:00 dan 18:00 gacha bo‘lib o‘tadi.
Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
19-Fevral
, 10:00