Uzbekistan Startup Founders Meetup — Vashington 2025

O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi, Vashington, AQSh
07-Noyabr
, 11:00
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda IT Park Uzbekistan Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi o‘zbek diasporasi vakillarini — startap asoschilari, innovatorlar va IT-mutaxassislarini — Vashington shahrida o‘tkaziladigan birinchi “Uzbekistan Startup Founders Meetup” tadbirida ishtirok etishga taklif etadi.
Mazkur uchrashuvning maqsadi — global o‘zbek startap hamjamiyatini birlashtirish, g‘oyalar almashish, hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish hamda xorijdagi vatandoshlar va O‘zbekistonning rivojlanib borayotgan innovatsion ekotizimi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdir.
Kimlar ishtirok etishi mumkin
AQShda faoliyat yuritayotgan o‘zbek diasporasi vakillari — startap asoschilari va hamasoschilari
O‘zbekiston IT va innovatsiya sohalari bilan bog‘liq texnologik tadbirkorlar, investorlar va mutaxassislar
AQShdagi o‘zbek startap hamjamiyati vakillari — mamlakatning raqamli kelajagiga hissa qo‘shishni istaganlar
Asosiy maqsadlar
AQShdagi o‘zbek diasporasi bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan o‘rtasidagi bevosita hamkorlikni mustahkamlash
Xorijda faoliyat yuritayotgan o‘zbek startap asoschilarining ehtiyojlari va muammolarini aniqlash
AQShdagi diaspora O‘zbekistondagi startaplar va innovatsiyalarni qanday qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini muhokama qilish
O‘zbekistonlik texnologiya asoschilari va mutaxassislarining barqaror xalqaro tarmog‘ini shakllantirish
Format
Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan vakillari bilan ochiq muloqot
Guruh muhokamalari va tajriba almashish
Netvorking va norasmiy suhbatlar
Joylar soni cheklangan — ro‘yxatdan o‘tish majburiy.
07-Noyabr
, 11:00
O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi, Vashington, AQSh