Vebinar: Iordaniya va O‘zbekiston startap-ekotizimlaridagi imkoniyatlar

location
15-Fevral
, 19:00
16-fevral kuni Iordaniya va O‘zbekiston startap-ekotizimlarda mavjud imkoniyatlar mavzusida onlayn vebinar bo‘lib o‘tadi.
Ushbu vebinar IT Park Uzbekistan va King Hussein Business Park Iordaniya hamkorligida o‘tkaziladi. Vebinar ishtirokchilari har ikki mamlakatdagi startap-ekotizimlarini real misollar orqali o‘rganadi. Shuningdek, VC va korporativ nuqtai nazardan o‘sish, investitsiya va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari haqida bilib oladi.
Agar startapingizni Iordaniya va O‘zbekiston bozorlarida kengaytirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu vebinar siz uchun amaliy tajriba bo‘lib xizmat qiladi. Har ikki bozordagi imkoniyatlar, mahalliy ekotizimlar va hamkorlik mexanizmlari muhokama qilinadi.
Vebinarda kimlar ishtirok etishi mumkin?
— Startap asoschilari: mahsulotni kengaytirish, yangi bozorlarni o‘rganish va xalqaro miqyosda o‘sish strategiyalarini shakllantirish uchun
— Fondlar va korporatsiyalar: istiqbolli startaplar, investitsiya yo‘nalishlari va strategik hamkorlik imkoniyatlarini aniqlash uchun
— Akseleratorlar va inkubatorlar: ikki mamlakatdagi dasturlar, pilot loyihalar va ekotizimlararo hamkorlik imkoniyatlari bilan tanishish uchun
Muzokaralar IT Park Uzbekistan va KHBP Iordaniya ekspertlari tomonidan olib boriladi. Ishtirokchilar bevosita mutaxassislar bilan muloqot qilishi va o’zlarini qiziqtirgan savollarni berishi mumkin.
Vebinar davomida quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
— Startaplarni qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasi hukumat va ekotizim tomonidan taqdim etiladigan dasturlar
— Moliyalashtirish va investitsiya imkoniyatlari
— Korporativ hamkorlik va pilot loyihalar: biznes va innovatsiya integratsiyasi.
— Soft-landing va akseleratsiya dasturlari: startaplar uchun global bozorga chiqish yo‘llari.
Vebinarda ishtirok etishingiz uchun ro’yxatdan o’tishingiz talab etiladi.
15-Fevral
, 19:00