24-noyabr

20 ta Yevrosiyo startaplari AlchemistX Silikon vodiysi rezidentlik Demo Day'ida o'z yechimlarini namoyish etdi
O‘zbekiston texnologiya ekotizimi AlchemistX Silicon Valley Residency Demo Day tadbirida yana bir bor o‘zining global miqyosdagi o‘sib borayotgan ishtirokini namoyish etdi. Tadbirda O‘zbekiston startaplari bilan birga MDH davlatlari, MENA mintaqasi va Singapurni ham o‘z ichiga olgan jami 20 ta jamoa qatnashdi.

Demo Day dasturining 11 haftalik intensiv akseleratsiya moduliga yakun yasab, asoschilarga o‘z yutuqlarini namoyish etish, investorlar bilan bog‘lanish va Silikon vodiysi ekspertlari bilan bevosita muloqot qilish imkonini berdi.

Ishtirokchi jamoalar endi 31-dekabrgacha davom etadigan Residency Phase bosqichiga o‘tadi. Ushbu bosqich AQSh bozoriga chiqish, mijozlar bilan ishlash va savdo pipeline’larini shakllantirishga qaratilgan.
_aFFQ0kz.png)
Demo Day davomida edtech, healthtech, B2B SaaS, sanoat avtomatlashtirish, kreativ texnologiyalar, aviatsiya texnologiyalari va boshqa yo‘nalishlardagi yechimlar taqdim etildi. Joriy cohort tarkibiga quyidagi startaplar kiradi: Tilmoch, Freyt (Lydya), Makon AI, Growy AI, Findecor, Zaiyo AI, Algebras AI, AidMi, One Health, Workinhood, Virtual Story, Ember AI, ViralVideo, EMMA Systems, InteractiveRange, Defect AI, QazTwin, Steppe AI, Aleem, RFxAI.
_F5PPVT8.png)
Dastur O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan, IT Park Ventures, shuningdek Qozog‘istonning Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi, Astana Hub va Astana Hub Ventures tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Dastur Alchemist Accelerator va Silkroad Innovation Hub tomonidan boshqariladi.
_HfJE4k7.png)
- #Startup
- #Yangilik
Mavzular:









