15-sentabr

5 561 ishtirokchi, 793 jamoa: “President Tech Award” loyihalarini onlayn baholash boshlandi
O‘zbekistonda “President Tech Award” tanlovining muhim bosqichi — loyihalarni onlayn baholash jarayoni start oldi. Bu yilgi tanlov rekord darajadagi ishtirokchilarni jalb etdi: mamlakatning barcha hududlaridan 5 561 nafar kishi.
Kimlar ishtirok etmoqda
Tanlovda maktab o‘quvchilari, talabalar va yosh tadbirkorlar qatnashmoqda. Eng ishtirokchi atigi 14 yoshda, eng kattasi esa 30 yoshda. Tanlov ishtirokchilarining o‘rtacha yoshi — 22.
Umumiy hisobda 869 ta jamoa ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 793 tasi ishtirokini tasdiqlagan. Arizalar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda — 2 096 ishtirokchi va 574 jamoa. Keyingi o‘rinlarda esa Farg‘ona va Toshkent viloyatlari — har birida 464 ishtirokchi.
Qanday g‘oyalar taqdim etildi
Loyihalar mavzusi IT sohasidagi eng dolzarb yo‘nalishlarni qamrab olgan:
• ijtimoiy soha uchun raqamli yechimlar;
• sun’iy intellekt asosidagi xizmatlar;
• Micro-SaaS va AdTech;
• fintech va tadbirkorlik,
• kompyuter va mobil o‘yinlar.
Alohida qiziqish uyg‘otayotgan maxsus yo‘nalish — hakaton bo‘lib, unda 177 jamoa ishtirok etmoqda.
Hozirgi jarayon
Onlayn baholash bosqichida ekspertlar loyihalarni to‘rtta asosiy mezon bo‘yicha tekshirmoqda: mahsulot, salohiyat, biznes modeli va jamoa. Natijalar asosida eng kuchli loyihalar tanlab olinib, final sari yo‘lni davom ettiradi.
Nega bu muhim
“President Tech Award” mamlakatda yosh iste’dodlarni aniqlash va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun asosiy maydonlardan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu tanlov startaplarning to‘laqonli kompaniyalarga aylanishiga xizmat qiluvchi ekotizimni shakllantirishga yordam bermoqda.
- #Startup
- #Yangilik
Mavzular: