24-dekabr

Startup Advice dasturining navbatdagi haftasi muvaffaqiyatli yakunlandi
Startup Base tomonidan tashkil etilayotgan Startup Advice dasturining navbatdagi haftasi samarali natijalar bilan yakunlandi. Haftalik sessiyalar davomida 10 nafardan ortiq ishtirokchi va 6 ta startap jalb qilinib, ta’sischilarga startap g‘oyalarini rivojlantirish va bozorga tayyorlash bo‘yicha amaliy bilimlar berildi.
Dastur doirasida onlayn va oflayn formatlar uyg‘unlashtirilib, startaplarni real bozor sharoitlariga moslashishga qaratilgan trening va maslahatlar o‘tkazildi. Xususan, hafta davomida 2 ta oflayn va 4 ta onlayn sessiya tashkil etildi.
Shuningdek, universitetlarda o‘tkazilgan sessiyalar orqali ta’lim imkoniyatlari yanada kengaytirildi. Bucheon University’da tashkil etilgan uchrashuvlarda 40 nafar ishtirokchi qatnashib, 8 ta startap individual mentorlik oldi. Ushbu sessiyalar MVP (Minimal Viable Product) yaratish hamda pitching asoslariga bag‘ishlandi.
Dastur davomida startap ekotizimi uchun muhim bo‘lgan quyidagi mavzular yoritildi:
- startap g‘oyasining hayotiyligini tekshirish (validatsiya),
- investitsiya jalb qilish shartlari va jarayonlari,
- startapni investorlar oldida taqdim etish,
- MVP yaratish va pitching asoslari.
Startup Advice Program dasturi kelgusida ham davom ettiriladi. Navbatdagi sessiyalar ta’sischilarga soha ekspertlari bilan muloqot qilish, mentorlik va amaliy maslahatlar olish imkoniyatini taqdim etadi.
Ayni paytda startaplar uchun Digital Startups Program ham faol bo‘lib, ushbu dastur orqali siz mentorlik va ekspert ko‘magiga ega bo‘lasiz, mahsulotni rivojlantirish uchun zarur bilim va resurslarni olasiz.
- #Startup
- #Yangilik
Mavzular:









