1-dekabr

O‘zbekiston Markaziy banki huzurida 50 million dollarlik venchur fond tashkil etiladi
O‘zbekiston fintech sohasida yangi bosqichga kirib bormoqda. Prezident qaroriga ko‘ra, Markaziy bank huzurida 50 million dollarlik venchur fond va Innovatsiya markazi tashkil etiladi. Ushbu tuzilmalar fintech startaplarini moliyalashtirish, akseleratsiya, mentorlik va texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini yagona platformada taqdim etadi.
Qarorda sohaning rivojlanishiga doir quyidagi strategik vazifalar belgilangan:
Milliy Fintech Strategiyasi ishlab chiqiladi. Kelgusi besh yil davomida fintech ekotizimi ushbu strategiya asosida muvofiqlashtiriladi.
2030-yilgacha fintech startaplariga 1 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi. Bu yangi texnologiyalarni joriy etishni tezlashtiradi va raqobatni kuchaytiradi.
5 000 nafar mutaxassis tayyorlanadi va 100 startap akseleratsiyadan o‘tadi. Bu moliyaviy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Open Banking tamoyillari bank tizimiga joriy etiladi. Banklar, to‘lov tashkilotlari va fintech kompaniyalari o‘rtasida standartlashtirilgan va xavfsiz ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.
Raqamli valyutalar pilot tarzda sinovdan o‘tkaziladi. Ichki yoki xorijiy valyutaga bog‘langan tokenlar to‘lov vositasi sifatida testdan o‘tadi.
Markaziy bank huzurida tashkil etilayotgan 50 million dollarlik venchur fond O‘zbekistonni mintaqaning ilg‘or fintech markazlaridan biriga aylantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
- #Yangilik
Mavzular:









