21-noyabr

Tojikistonda Digital Startup Awards yarim finali bo‘lib o‘tdi!
Markaziy Osiyodagi eng yirik regional startap dasturlaridan biri bo‘lgan Digital Startup Awards (DSA) o‘zining navbatdagi yarim final bosqichini Tojikistonda o‘tkazdi. Tadbirda 10 ta startap ishtirok etib, o‘z loyihalarini hakamlar hay’atiga taqdim etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, ikki jamoa — Predictory va POS.TJ — Grand Final bosqichiga yo‘llanma oldi.
_vr29maK.jpg)
Yarim final hakamlar hay’ati quyidagi mutaxassislardan iborat bo‘ldi:
— Bexzod Abdullayev, Investitsiya menejeri, IT Park Ventures;
— Temur Xisamutdinov, Bosh direktor, IT Park Dushanbe;
— Hakim Ismoilzod, Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Innovatsiya va raqamli texnologiyalar agentligi birinchi o‘rinbosari;
— Isfandiyor Abdullo, Mamlakat direktori, Accelerate Prosperity Tajikistan;
— Kamila Bekchurina, HR direktori, zypl.ai.
Tojikistondagi bosqich Digital Startup Awards’ning mintaqaviy turini yakunlab, barcha finalistlar endi Toshkentda o‘tadigan Grand Finalga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Final bosqichida mintaqaning eng kuchli startaplari o‘zaro bellashadi va eng yaxshi loyiha $100 000 miqdoridagi mukofot jamg‘armasi uchun kurashadi.
_qc2lUMT.jpg)
DSA mintaqa bo‘ylab startaplarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish hamda istiqbolli texnologik loyihalarni aniqlashga xizmat qilmoqda. 2025-yilgi mavsum Grand Finali Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
- #Startup
- #Yangilik
Mavzular:









