5-avgust
Digital Startup Awards: mintaqaviy startaplar uchun xalqaro dasturda ishtirok etishning so‘nggi imkoniyati
Toshkent, O‘zbekiston — IT Park Uzbekistan “IT Park Ventures” bilan hamkorlikda Yevroosiyo davlatlaridagi istiqbolli startaplarni individual murabbiylik va 1 million AQSH dollari miqdoridagi mukofot jamg‘armasi orqali qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Digital Startup Awards” (DSA) xalqaro dasturida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilishning yakuniy bosqichi boshlanganini e’lon qiladi.
Dasturning maqsadi yuqori salohiyatli loyihalarni aniqlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy startap ekotizimida innovatsion faollikni rag‘batlantirishdan iborat. Ishtirok etishga Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gruziya, Turkmaniston va Mo‘g‘ulistondan startaplar taklif etiladi. O‘zbekistonlik startaplar “Eng yaxshi startap loyiha” yo‘nalishida qatnashishlari mumkin.
O‘yinni tubdan o‘zgartiruvchi dastur
DSA mintaqaviy startaplarning eksport salohiyatini yuzaga chiqarish va transchegaraviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Ishtirokchilarga xalqaro murabbiylar, ixtisoslashtirilgan ta’lim modullari va investorlar tarmog‘idan foydalanish imkoniyati beriladi. Biznes modelini tekshirishdan tortib global bozorlarga chiqishgacha — dastur startap rivojlanishining barcha bosqichlarida amaliy yechimlarni taklif etadi.
“Digital Startup Awards — bu shunchaki tanlov emas. Bu — e’tirof etilish, qo‘llab-quvvatlanish va qimmatli aloqalarni o‘rnatish imkoniyati,” — deya ta’kidladi IT Park Uzbekistan bosh direktori Abdulaxad Kuchkarov. — “Biz bu tashabbusni mahalliy asoschilarga xalqaro miqyosga chiqish uchun haqiqiy imkoniyat berish — kerakli insonlar, resurslar va professional yordamdan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida yo‘lga qo‘ydik. Agar siz yurakdan ishlab chiqilgan va kelajakni ko‘zlagan mahsulot yaratayotgan bo‘lsangiz — ehtimol, aynan shu imkoniyat hammasini o‘zgartiradi.”
Rivojlanish uchun uchta yo‘nalish
Ilk bosqichdagi startaplar uchun — g‘oyadan MVP gacha. Individual qo‘llab-quvvatlash, loyihaviy o‘qitish va biznes modelini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
Product-Market Fit bosqichiga yetgan startaplar uchun oflayn dastur. Sotuvlarni kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va yangi bozorlarga chiqishga yo‘naltirilgan.
Tasdiqlangan daromad va barqaror natijalarga ega yetuk startaplar (Seed dan Series A darajasigacha) uchun. G‘oliblar grant mablag‘lari va investorlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘zbekistonlik startaplar ushbu yo‘nalishda ishtirok etishlari mumkin.
Nima uchun qatnashish kerak:
Asosiy sanalar:
Arizalarni qabul qilish muddati: 2025-yil 30-avgust
Eng yaxshi startap loyiha:
Inkubatsiya va akseleratsiya:
Tashkilotchilar haqida
IT Park Uzbekistan — O‘zbekiston IT sohasini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi xalqaro markaz. Startaplar va raqamli xizmatlar eksportchilari uchun infratuzilma yordami, soliq imtiyozlari va qo‘llab-quvvatlash dasturlarini taqdim etadi.
IT Park Ventures — IT Park’ning istiqbolli startaplarni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilishga yordamlashuvchi venchur bo‘linmasi.
Digital Startup Awards'da ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ariza topshiring.
Ekotizim hamkorlari:
Armaniston: Entrepreneurship Incubator Foundation
Ozarbayjon: SABAH HUB, Innoland
Gruziya: Gruziya innovatsiyalar va texnologiyalar agentligi, 500 Global
Qozog‘iston: Astana Hub, MOST Hub
Qirg‘iziston: Accelerate Prosperity, Qirg‘iziston Respublikasining yuqori texnologiyalar parki
Mo‘g‘uliston: KITE Mongolia, Mo‘g‘uliston Milliy axborot texnologiyalari parki
Tojikiston: Tajikistan Venture Capital, TechnoHub Dushanbe
Turkmaniston: StartUp Academy
Mavzular: