25-fevral
Har bir startap asoschisi uchun zarur bo‘lgan 5 ta asosiy ko‘nikma
Muvaffaqiyatli loyiha shunchaki g‘oya emas, balki uni natijaga yetkazishga yordam beradigan ko‘nikmalar to‘plamidir. Boshlanishda hamma narsani barbod qilmaslik uchun qanday fikrlash, harakat qilish va rivojlanish kerak?
Bugun o‘z tajribasini Akmal Payziyev — ambitsiya va professional yondashuv muvaffaqiyat kalitiligini bir necha bor isbotlagan tadbirkor o‘rtoqlashadi. U “Yarmarka.uz”, “Newmax Technologies”, “Workly.io”, “MyTaxi”, “Express24”, “IMPACT.T Technology Hub” kabi bozorni o‘zgartirgan loyihalarni yaratgan. Hozirda Akmal Kaliforniyaning Palo-Alto shahrida “Numeo.ai” startapini rivojlantirmoqda.
Ma’lumot uchun: “Numeo” — bu ortiqcha qog‘ozbozliksiz logistika sohasidagi sun’iy intellekt. Startap buyurtmalarni qayta ishlashni avtomatlashtiradi, turli platformalardan takliflarni birlashtiradi va brokerlarni o‘zi xabardor qiladi. Tezroq, osonroq, samaraliroq — kelajak logistikasi aynan shunday ishlashi kerak.
Biz Akmal bilan o‘z biznesingizni qanday yo‘lga qo‘yish va yangi boshlovchilar yo‘l qo‘yadigan odatiy xatolardan qochish haqida suhbatlashdik. Nima uchun ba’zi startapchilar muvaffaqiyatga erishadi, boshqalari esa orzu darajasida qoladi?
Gap omadda emas, balki aniq ko‘nikmalarda, ularsiz biznes shunchaki yuksalmaydi. Startap asoschisi — loyihaning muvaffaqiyatini ko‘radigan va jamoani unga yetaklaydigan lider, vizionerdir. Men o‘zim uchun eng muhim 5 ta ko‘nikmani ajratib oldim. Ular menga yordam berdi va ishonchim komilki, o‘z yo‘lini endi boshlayotganlarga ham yordam beradi:
1. Strategik fikrlash — bozorni tushunish, istiqbolni ko‘rish, uzoq muddatli strategiyani tuzish.
2. Moslashuvchanlik — gipotezalarni sinab ko‘rish, taktikani o‘zgartirish, o‘zgarishlarga tez moslashish.
3. Sotish — mahsulotni taqdim etishni bilish, mijozlar, hamkorlar, investorlar bilan kelishish.
4. Yetakchilik — ilhomlantirish, kuchli jamoani to‘plash, vakolatlarni to‘g‘ri taqsimlash.
5. Moliyaviy savodxonlik — unit-iqtisodiyotni tushunish, pul oqimlarini boshqarish.
Bu ko‘nikmalarsiz startap muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, chunki boshlanishda hamma narsa asoschiga bog‘liq bo‘ladi.
Shubhasiz, ha, rivojlantirish mumkin va kerak. To‘g‘ri, kimdadir tabiatan muzokaralar olib borish qobiliyati kuchli bo‘ladi, lekin mashqsiz iste’dod ham ishlamaydi. Masalan, men introvеrt sifatida ish boshlaganman, ammo biznes meni sotish va kelishishni o‘rganishga majbur qildi.
Samarali sotish ko‘nikmasini mijozlar bilan muloqot qilish va muzokaralarda ishtirok etish orqali oshirish mumkin.
Moliyaviy savodxonlik hisobotlarni yuritish va o‘z xatolarini tahlil qilish orqali rivojlanadi.
Yetakchilik odamlar bilan ishlash, ularning motivatsiyasini tushunish va mas’uliyatni taqsimlashni o‘rganish orqali shakllanadi.
Eng yaxshi variant — uchala usulning uyg‘unligi.
Lekin eng muhimi — o‘qishda to‘xtab qolmaslik. O‘nlab kitoblarni o‘qish mumkin, ammo amaliyotsiz bu hech narsa bermaydi. Olingan barcha bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llashga harakat qilish kerak.
1. Talabni tekshirmasdan mahsulot ishlab chiqaradilar — oylab kod yozadilar, keyin esa uning hech kimga kerak emasligi ma’lum bo‘ladi. Ehtimol, bozor tayyor emas yoki muammo boshqacha hal qilinayotgandir. Ammo g‘oyani boshidanoq sinab ko‘rish orqali qancha vaqt, kuch va mablag‘ni tejash mumkin edi.
Loyihalardan birida biz uzoq vaqt davomida mijozlar bilan sinovlar o‘tkazmasdan mahsulotni ishlab chiqdik. Nihoyat bozorga chiqqanimizda, foydalanuvchilarning ehtiyojlari biroz boshqacha ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu bizdan vaqt va resurslarni olib qo‘ydi.
2. Sotuvni yetarlicha baholamaydilar — ularsiz hatto eng yaxshi mahsulot ham e’tiborsiz qoladi. Mahsulot bozorni o‘zgartirishi, millionlab foydalanuvchilarni jalb qilishi mumkin bo‘lgan ajoyib mahsulot bo‘lishi mumkin, ammo savdo jarayoni noto‘g‘ri tashkil etilgani sababli siz bu haqda hech qachon bilmaysiz.
3. Boshlanishda charchab qoladilar — dam olmasdan ishlash motivatsiyani tezda yo‘qotadi. Ha, startap hamma narsada tezkorlikni talab qiladi: qaror qabul qilishda, bozorga chiqishda, sinovdan o‘tkazishda, moslashishda. Ammo jamoa g‘ayratini yo‘qotmasdan, qulay sharoitda ishlashi kerak.
Agar ortga qaytishning iloji bo‘lganida, men o‘zimga shunday degan bo‘lardim:
Xatolar muqarrar, lekin eng muhimi — ulardan saboq olish va oldinga siljish. Muvaffaqiyatning ideal formulasi yoki sehrli dori bo‘lmaydi. Asosiysi, xatolar bilan ishlashni bilish va ularni o‘z ustunligingizga aylantirish.
Mavzular: