1-dekabr

5 ta hududda o‘tkazilgan ideatonlar - yakuniy natijalar!
IT Park Uzbekistan tomonidan Surxondaryo, Farg‘ona, Andijon, Navoiy va Qashqadaryoda tashkil etilgan beshta yirik ideaton muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu tadbirlar yoshlar, innovatorlar va startapchilarni yangi texnologik g‘oyalar yaratishga jalb etish, hududiy startap ekotizimini rivojlantirish va istiqbolli loyihalarni aniqlashga xizmat qildi.
Mintaqaviy ideathonlar davomida yuzlab yosh innovatorlar o‘z g‘oyalari va texnologik yechimlarini taqdim etdilar. Surxondaryoda 81 ishtirokchi sun’iy intellekt, sog‘liqni saqlash, kiberxavfsizlik, fintech va agrotech yo‘nalishlarida ishladi. Qashqadaryoda esa 79 nafar yoshlar AI, sog‘liqni saqlash texnologiyalari, energetika, agrotexnologiyalar, ta’lim texnologiyalari, turizm va fintech bo‘yicha loyihalar taqdim etdi. Navoiyning Ideathon Navoi-2025 tadbirida 60 nafar startapchi agrotech va sun’iy intellekt yo‘nalishida qatnashdi, Farg‘onadagi AI Case Challenge esa 100 dan ortiq ishtirokchi va 38 ta jamoani birlashtirdi.
Andijondagi The Rise Up Ideathon 70 dan ortiq ishtirokchi va 16 ta jamoaning EduTech, FinTech, HealthTech va AI yo‘nalishidagi g‘oyalarini jamladi. Ushbu tadbirlar yoshlarning texnologiyaga bo‘lgan qiziqishi o‘sib borayotganini, shuningdek ular mamlakat innovatsion ekotizimini shakllantirishda faol ishtirok etayotganini yaqqol namoyon etdi.

Surxondaryoda bo‘lib o‘tgan “Future IT Ideas” ideatonida 20 dan ortiq loyiha taqdim etildi. Monitoring AI, Planly AI va One Quiz AI g‘olib bo‘ldi, Telemed AI, Logisticgo AI va Holovision AI esa maxsus nominatsiyalarni qo‘lga kiritdi.
Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan AI Case Challenge’da 100 dan ortiq ishtirokchi 50 ga yaqin AI yechimlar ishlab chiqdi. Bold, Tahlilchi va Surdo Tarjimon loyihalari g‘olib deb topildi. Eng faol jamoalar uchun “AI-Stars Incubator” dasturi yo‘lga qo‘yildi.

Andijonda o‘tkazilgan “The Rise Up Ideathon” finalida 15 ta jamoa o‘z loyihalarini himoya qildi. Dronely, Oshlab va STEM (ADTI) g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, eng yaxshi pitch, eng faol startapchi qiz va eng yaxshi biznes modeli bo‘yicha alohida sovrinlar taqdim etildi.
Navoiy viloyatidagi “Ideathon4Navoi-2025” tadbirida 50 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. On Track, IDCard va MenKim.AI “Eng yaxshi g‘oya”, Geo Services API, Agriculture AI va Analis esa “Eng yaxshi loyiha” yo‘nalishlarida g‘olib bo‘ldi.
Qashqadaryoda o‘tkazilgan “Promising IT Projects” ideatonida Fabric AI, Yammiy va XIU jamoalari birinchi o‘rinlarni egalladi. Ikki kunlik tanlov davomida hududdagi eng istiqbolli loyihalar saralandi va taqdirlandi.
Ideatonlar doirasida o‘tkazilgan tanlovlar mintaqaning yetakchi mutaxassislari tomonidan baholandi. Har bir hududda hakamlar hay’ati texnologiya, raqamli ta’lim, sun’iy intellekt, startap boshqaruvi va ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarida katta tajribaga ega ekspertlardan shakllantirildi.
Farg‘ona viloyatidagi AI Case Challenge bir kunlik formatda bo‘lib o‘tdi va quyidagi mutaxassislar tomonidan baholandi:
— Sultonbek Boqijonov, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazining hududiy menejeri
— Qudratbek Muhammadjonov, FDTU Startup Center rahbari
— Sanjar Asrorov, AI mutaxassisi va dasturchi
— Saidakramxon Saydaxmetov, Startup Garage menejeri
— Salohiddin Turg‘unov, Raqamli texnologiyalar markazi menejeri
Andijon viloyatidagi The Rise Up Ideathon hakamlar hay’ati:
— Saidakbar Ikramov, IT Park Andijon filiali rahbari
— Mirkamolboy Sadirov, Startup Garage Andijon filiali menejeri
— Muhammadusmon Odashev, Yoshlar akademiyasi Andijon filiali menejeri
— Xurshidbek Abdumuhторов, Yoshlar texnoparki Andijon filiali rahbari
Navoiydagi Ideathon Navoi-2025 quyidagi ekspertlar tomonidan baholandi:
— Rustam Abduraxmonov, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi rahbari
— Muhriddin Rustamov, IT Center Navoi MCHJ bosh dasturchisi
— Aziz Vahidov, MostByte Group kompaniyasi rahbari
— Ziyodulloev G‘ayratullo, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti ilmiy ishlar bo‘limi boshlig‘i
— Akmal Qurbonov, Innovatsiya universiteti AKT bo‘limi rahbari
Surxondaryo viloyatidagi “Future IT Ideas” Ideathon hakamlar hay’ati kengaytirilgan tarkibda shakllantirildi:
— Abdulfaizov Akmal, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi bosh mutaxassisi
— Tursunbaev Akmal, Raqamli texnologiyalar vazirligining hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi
— Arifbaev Alisher, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bosh mutaxassisi
— Mahmudov Dilshod, Surxondaryo IT Park hududiy filiali bosh menejeri
— Jasur Axmedov, Surxondaryo IT Park hududiy filiali bosh menejeri
Qashqadaryodagi Promising IT Projects Ideathon quyidagi mutaxassislar tomonidan baholandi:
— Daminova Barno Esanovna, Qarshi davlat universiteti Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti dotsenti
— Begulov Olmas Uktam o‘g‘li, Qarshi davlat texnika universiteti sun’iy intellekt kafedrasi katta o‘qituvchisi
— Karimov Islom Raximjon o‘g‘li, IT Park Qashqadaryo viloyat filiali startup yo‘nalishi bo‘yicha bosh menejer
Mazkur hakamlar hay’atining ishtiroki ideatonlarda taqdim etilgan loyiha va g‘oyalarning sifatli baholanishiga, startaplarning texnik, biznes va innovatsion salohiyatini chuqur tahlil qilishga xizmat qildi.
Ushbu ideatonlar hududlardagi innovatsion fikrlashni rivojlantirish, startap madaniyatini mustahkamlash va yoshlarni texnologik loyihalarga jalb etishda muhim rol o‘ynadi. IT Park Uzbekistan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi va ularning g‘oyalarini amaliy loyihalarga aylantirish uchun zarur imkoniyatlarni yaratadi.
- #Startup
- #Yangilik
Mavzular:









