5-fevral

Tanishing: Startup Base Uzbekistan platformasidagi istiqbolli GameDev startaplari
“Startup Base” istiqbolli loyihalarni ilgari surish, investorlarni jalb qilish va xalqaro bozorlarga chiqish uchun platforma yaratib, O‘zbekiston startap ekotizimida yangi nomlarni kashf etishda davom etmoqda. Platforma turli sohalar uchun zamonaviy yechimlarni taklif qiluvchi iste’dodli asoschilar va kompaniyalarni birlashtiradi.
Yuqori salohiyat va yuqori natijalarni namoyish etayotgan eng yorqin startaplar orasida “Grimoire Entertainment”, “Fazliddin Games” va “GaleForce” alohida ajralib turadi. Ushbu loyihalar “President Tech Award 2024” tanlovi sovrindorlari uchligiga kirib, bozorda 4 yildan ortiq tajribaga ega. Ular o‘z auditoriyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda va O‘zbekiston IT-sohasining jadal rivojlanishi hamda mustahkamlanishini aks ettirmoqda.
Grimoire Entertainment
Grimoire Entertainment — mobil o‘yinlar va mustaqil loyihalarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan startap kompaniya. Korxona 4 yil avval tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda jamoada sakkiz nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Mazkur startap “President Tech Awards 2024” tanlovining “Kompyuter va mobil o‘yinlar” yo‘nalishida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
2021-2023 yillar davomida kompaniya asosan mobil o‘yinlar ishlab chiqarishga e’tibor qaratgan bo‘lsa, 2023-2027 yillarda mustaqil o‘yinlar yaratishga ustuvorlik beradi. 2027-2030 yillar oralig‘ida esa startap onlayn o‘yinlar sohasida o‘z faoliyatini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
Fazliddin Games
Fazliddin Games — 2022-yilda 2 nafar ishlab chiquvchidan iborat bo‘lgan jamoa 2024-yilga kelib 10 kishiga yetdi. Startap “GameDevGoethe” inkubatsiya dasturini tamomladi va u yerda ikki nominatsiya bo‘yicha sovrinlarni qo‘lga kiritdi. “President Tech Award 2024” tanlovining “Kompyuter va mobil o‘yinlar” yo‘nalishida “Fazliddin Games” 2-o‘rinni egalladi.
Kompaniya cheklangan vaqt ichida ovqat yig‘ish kerak bo‘lgan “Sugar Boy” o‘yinini ishlab chiqdi. O‘yinning o‘ziga xosligi shundaki, unda tajribaviy va qiziqarli fizika qonuniyatlari qo‘llanilgan bo‘lib, bu har safar betakror o‘yin tajribasini yaratadi.
GaleForce
Gale-Force Entertainment — mashhur bestseller kitobiga asoslangan uchinchi shaxs nuqtai nazaridan o‘ynaladigan sarguzasht va rol o‘ynash janridagi o‘yin loyihasidir. O‘yinchilar Kornelius ismli qahramonning sirli dunyoni kashf etish va “Braveship” kemasining qismlarini topish maqsadidagi sayohatini kuzatib boradilar. Yo‘l davomida u qiziqarli jumboqlarni yechadi, sirlarni ochadi va jozibador syujet chizig‘i bo‘ylab olg‘a siljiydi.
Loyiha ustida 2 yil davomida 8 kishilik jamoa mehnat qildi: 3D-modelchi, personajlar dizayneri, animatorlar va tajribali o‘yin ishlab chiquvchilari. Xodimlar 4 yildan buyon frilans loyihalar ustida ishlab kelmoqda, venchur investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha ko‘plab tanlovlarda faol qatnashmoqda. Hozirda kompaniya investorlarni faol izlamoqda va Los Anjelesdagi mashhur o‘yin nashriyotlari bilan hamkorlik o‘rnatmoqda.

Startap “President Tech Award 2024” tanlovining “Kompyuter va mobil o‘yinlar” yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
“Startup Base Uzbekistan” taqdim etilgan startaplarning yutuqlaridan faxrlanadi va yangi g‘oyalarni rivojlantirish uchun platforma yaratishni davom ettirmoqda, ularning xalqaro miqyosga chiqishiga ko‘maklashmoqda.
Platformada o‘z startapingizni ro‘yxatdan o‘tkazing va investitsiyalarni jalb qilish, tezlashtirish va inkubatsiya dasturlarida ishtirok etish, shuningdek, ekspert yordami va yangi ishbilarmonlik aloqalaridan foydalanish imkoniyatlarini oching.
- #Startup
Mavzular:









