29-yanvar
Tanishing: Startup Base Uzbekistan platformasidagi istiqbolli startaplar
“Startup Base Uzbekistan” innovatsion loyihalarni ilgari surish, investorlarni jalb qilish va yangi bozorlarga chiqish uchun qulay muhit yaratish orqali mamlakatimiz startap ekotizimini rivojlantirishni davom ettirmoqda. Platforma turli sohalar uchun zamonaviy yechimlar taklif etuvchi iste’dodli asoschilаr va kompaniyalarni birlashtiradi. O‘z salohiyati va natijalari bilan ajralib turadigan startaplar orasida “Speaklish”, “StudentHunter”, “Stepogram” va “diip.uz” bor. Ushbu loyihalar rivojlanishning turli bosqichlarida bo‘lsa-da, allaqachon o‘z maqsadli auditoriyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, O‘zbekiston IT sohasining o‘sishi va qudratini namoyon etmoqda.
Stepogram
“Stepogram” o‘yinlashtirish va musobaqa elementlarini birlashtirgan holda faol turmush tarzini maroqli qiladi. Ilova foydalanuvchilarga virtual jonivorni o‘stirish, marafonlarda ishtirok etish va qadamlarni haqiqiy tovarlarga almashtirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda loyiha sezilarli natijalarga erishdi: o‘rnatishlar soni 30 000 dan oshdi va foydalanuvchilarning faol ishlatishga o‘tishi 82 foizni tashkil etdi. Interaktiv imkoniyatlar tufayli foydalanuvchilarni ushlab turish darajasi 27 foizda saqlanmoqda va platforma orqali 1000 dan ortiq kuponlar sotildi. Bu ko‘rsatkichlar auditoriyaning yuqori qiziqishi va kelajakda yanada kengayish istiqbollarini ta’kidlaydi.
StudentHunter
“StudentHunter” — bu ma’lumotlarni avtomatik tanlash orqali kollejlarga va bo‘sh ish o‘rinlariga ariza topshirish jarayonini soddalashtiruvchi platforma. Foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida bir nechta muassasalarga arizalarni bepul yuborishlari mumkin. Bugungi kunda platforma 12 000 dan ortiq faol foydalanuvchiga ega va loyihaning o‘zi MVP bosqichida turibdi.
Speaklish
“Speaklish” — ingliz tilida og‘zaki nutq ko‘nikmalarini takomillashtirish uchun yaratilgan sun’iy intellektga asoslangan platforma. Asosiy e’tibor personallashtirilgan ta’lim, muloqotda o‘ziga ishonchni oshirish va “IELTS” kabi imtihonlar natijalarini yaxshilashga qaratilgan. MVP bosqichida ilova allaqachon 50 000 dan ortiq o‘rnatishlarga ega bo‘lib, har kuni 100 dan 120 tagacha faol foydalanuvchini jalb qilmoqda. Startap o‘z auditoriyasi uchun eng qulay yechimlarni taklif etish maqsadida turli xil monetizatsiya modellarini sinovdan o‘tkazishni davom ettirmoqda.
diip.uz
diip.uz — sinovdan o‘tgan yuk mashinalari va yuklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkonini beruvchi innovatsion logistika platformasi. Platforma, shuningdek, tahlil va mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish uchun CRM vositalarini o‘z ichiga oladi. Hozirgi bosqichda startap foydalanuvchilar bazasini va bozor qamrovini faol kengaytirishga e’tibor qaratmoqda.
“Startup Base Uzbekistan” taqdim etilgan startaplarning yutuqlari bilan faxrlanadi va yangi g‘oyalarni rivojlantirish uchun platforma yaratishda davom etib, ularning xalqaro miqyosga chiqishiga ko‘maklashmoqda.
Mavzular: