16-may
IT Park Uzbekistan vakili tomonidan startaplar va investitsiya jalb qilish bo‘yicha vorkshop o‘tkazildi
Tadbir innovatsiyalar, tadbirkorlik va agrosektorda raqamli yechimlar bilan qiziqadigan talabalar va professor-o‘qituvchilarni jamladi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar IT Park Uzbekistan startap ekotizimi qanday ishlashi, yoshjamoalar uchun qanday imtiyoz va imkoniyatlar taqdim etilishi, shuningdek, startapningg‘oyadan investitsion jozibador loyihaga aylanish yo‘lida qanday bosqichlarni bosib o‘tishihaqida ma’lumot oldilar.
Quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
• IT Park doirasida startaplar bilan hamkorlik qilish tartibi;
• taqdim etilayotgan soliq va tashkiliy imtiyozlar;
• investitsiyalarni samarali jalb etish usullari;
• Agritech sohasidagi mahalliy tajriba va real misollarga asoslangan amaliy holatlar.
Vorkshop yakunida “President Tech Award” tanlovining uchinchi bosqichi boshlanishi rasmane’lon qilindi.
Bunday tadbirlar yoshlarni startap harakatiga erta jalb qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va O‘zbekiston uchun muhim bo‘lgan qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda innovatsiyalarga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi. IT Park Uzbekistan yosh iste’dodlarga o‘z g‘oyalarini butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirish imkoniyatini berish maqsadida ta’lim tashabbuslari geografiyasini kengaytirishni davom etadi.
Mavzular: