19-noyabr

IT Park Uzbekistan Startupbase’da GovChallenges dasturini ishga tushirdi — startaplar uchun davlat tashkilotlari bilan ishlashning yangi imkoniyati
IT Park Uzbekistan Startupbase.uz platformasida yangi tashabbus — GovChallenges dasturini ishga tushirdi. Ushbu dastur startaplarga o‘z texnologiyalarini davlat tashkilotlariga ortiqcha byurokratiyasiz joriy etish, shuningdek, real ehtiyojlar asosida yechim ishlab chiqish imkonini beradi.
Birinchi to‘lqin O‘zbekiston Markaziy banki bilan birgalikda boshlanmoqda. Markaziy bank platformaga 10+ FinTech-challenge joylashtirgan bo‘lib, ular bo‘yicha zamonaviy texnologik yechimlarga ehtiyoj mavjud.
Vazifalar katalogi: https://startupbase.uz/uz/gov-challenges/catalog
Bu startaplar uchun nega muhim:
- mamlakat bo‘ylab millionlab foydalanuvchilarga chiqish imkoniyati
- davlat tashkilotlarining rasmiy texnologik hamkoriga aylanish imkoniyati
- startapning ishonchliligini oshiradigan va bahosini ko‘taradigan kuchli amaliy tajriba
- yechimlarni real foydalanuvchi ehtiyojlariga moslashtirish imkoniyati
Kimlar qatnasha oladi:
Digital Startups Program doirasidagi startaplar:
• 6 oy – 7 yil faoliyat tajribasiga ega
• inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarini tamomlagan
• yillik aylanmasi 10 mlrd so‘mgacha
GovChallenges startaplar va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni soddalashtiradi, innovatsion yechimlarning tezroq joriy etilishini ta’minlaydi va bozor ehtiyojiga mos texnologiyalarni yaratishga yordam beradi.
Ariza topshirish: https://startupbase.uz/uz/digital-startups-program
- #Startup
- #Yangilik
Mavzular:









