26-noyabr

IT Park Ventures tomonidan kiritilgan 300 000 dollarlik investitsiya Datox United uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda
IT Park Ventures Datox (Buyuk Britaniya) — regulyator hisobotlarini avtomatlashtirishga ixtisoslashgan AI-platformaga (AI Regulatory Reporting) 300 000 AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritdi. Datox yechimi fondlar, boshqaruvchi kompaniyalar va ma’muriy tuzilmalarga ma’lumotlarni avtomatik yig‘ish, ularni FCA, ESMA, SEC va boshqa regulyatorlar talablariga muvofiqligini tekshirish hamda hisobotlarni standartlashtirilgan formatlarda shakllantirish imkonini beradi.
Joriy investitsiya raundi doirasida Datox AQShning yirik investitsiya fondi Alchemist Accelerator tomonidan qo‘shimcha sarmoya jalb qildi. Bu kompaniyaning texnologik salohiyati va bozordagi istiqbollariga xalqaro investorlar tomonidan bo‘lgan yuqori ishonchni tasdiqlaydi.
IT Park Ventures tomonidan amalga oshirilgan ushbu investitsiya Datoxning mahsulotini rivojlantirish, texnologik jamoani kengaytirish va xalqaro moliyaviy texnologiyalar bozoridagi faoliyatini kengaytirishga yo‘naltirilgan.
Kelishuv 22-noyabr kuni London shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasida imzolandi. Tadbirni tashkil etishda ko‘rsatgan ko‘magi va yordami uchun Elchixonaga minnatdorchilik bildiramiz.
- #Startup
- #Yangilik
- #Investitsiyalar
Mavzular:









