4-fevral
IT Park Ventures bosh direktoridan startaplarga investitsiyalarni jalb qilishda yordam beradigan 5 ta tavsiya
“IT Park Ventures” investitsiya uchun arizalarni qabul qilib, startaplar uchun imkoniyatlaryaratmoqda. Jamoalarga mablag‘larni muvaffaqiyatli jalb qilishda ko‘maklashish uchunjamg‘arma bosh direktori Azamat Karamatov o‘z tajribasiga asoslangan 5 ta asosiy tavsiyanitayyorladi. Ular startaplarga pitchingga puxta tayyorgarlik ko‘rishga va investorlarga o‘zloyihalarini ishonchli tarzda taqdim etishga yordam beradi.
1. Kengaytiriladigan va barqaror biznes modelini ishlab chiqish
Zamonaviy dunyoda biznesning o‘sishi uchun muntazam moliyaviy investitsiyalar zarur vainvestorlar aniq o‘sish rejasi hamda barqaror monetizatsiyaga ega loyihalarni izlaydilar. Muhim jihatlar:
• Maqsadli auditoriyani belgilash: Tanlangan monetizatsiya usuli mijozlarningehtiyojlariga mos kelishiga ishonch hosil qiling.
•Xalqaro bozorlarga chiqish strategiyasini rejalashtirish: Foydalanuvchilar soni oshganda biznes iqtisodiyotiqanday o‘zgarishini va qaysi savdo hamda marketing kanallari eng samarali bo‘lishinitahlil qiling.
Puxta tayyorlangan biznes-model investorlarga barqaror va doimiy o‘sishga erishish uchun tayyor strategiyangiz borligini ko‘rsatadi.
2. Bozor talabini tasdiqlash va tekshiruvlarga tayyorgarlik ko‘rish
Tashqi investitsiyalarni jalb qilishdan oldin mahsulotingizga talab borligiga ishonch hosil qilishkerak:
• Minimal hayotiy mahsulotni (MVP) ishga tushiring: Bu farazlarni sinab ko‘rish, dastlabki fikr-mulohazalarni olish va mahsulotni qanday takomillashtirish mumkinliginitushunish imkonini beradi.
•Dastlabki ma’lumotlarni to‘plang: Foydalanuvchilar sonining o‘sishi, birinchi sotuvlar, sinov loyihalari yoki hamkorliklar — bularning barchasi bozor haqiqatan ham sizningg‘oyangizga ijobiy munosabatda ekanligini ko‘rsatadi.
• Moliyaviy prognozni tayyorlang: Sarmoyadorlar foyda olish imkoniyatini ko‘rishlariuchun sotish, xarajatlar va daromadlar rejasini taqdim eting.
Shuningdek, potensial investorlar tomonidan puxta tekshiruvga (due diligence) tayyor bo‘lishmuhimdir. Moliya, yuridik maqom va biznes modeli masalalarida shaffoflik ishonchni sezilarlidarajada oshiradi.
3. Kuchli hamfikrlar jamoasini shakllantirish
Birlashgan va malakali jamoasiz hech bir startap muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Investorlarnafaqat g‘oyaga, balki loyihaning ortida turgan odamlarga ham e’tibor qaratishadi:
• Kompetensiyalar va tajriba: Texnik, marketing va operatsion sohalarda siznito‘ldiradigan mutaxassislarni toping.
• Ishning uyg‘unligi: Birgalikda ishlay oladigan, qiyinchiliklarni yengib o‘tadigan vao‘zgarishlarga moslasha oladigan jamoani shakllantirishga intiling.
• Motivatsiya va umumiy maqsad: Jamoa loyiha maqsadlarini baham ko‘rishi va jadalishlashga tayyor bo‘lishi kerak, ayniqsa rivojlanishning dastlabki bosqichlarida.
Kuchli jamoa — bu rivojlanishning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tishga va zarurinvestitsiyalarni jalb qilishga yordam beradigan asosdir.
4. Ishonchli investitsiya taqdimotini yaratish
Yaxshi tayyorlangan “pitch deck” — investorlar oldidagi tashrif qog‘ozingiz:
• Muammo va yechim tavsifi: Mahsulotingiz qanday muammoni hal qilishini va nimauchun bu muhimligini aniq tushuntiring.
• Bozor va maqsadli auditoriya tahlili: Bozor qanchalik katta va istiqbolli ekanligini, shuningdek, sizning birinchi mijozlaringiz kim bo‘lishini ko‘rsating.
• Biznes modeli va monetizatsiya strategiyasi: Pul ishlashni qandayrejalashtirayotganingizni va biznesni qanday kengaytirishingizni tushuntiring.
• Moliyaviy prognozlar va asosiy ko‘rsatkichlar: O‘z so‘zlaringizni o‘sish salohiyatiniko‘rsatuvchi aniq raqamlar bilan asoslang.
• Jamoa taqdimoti: Loyihani amalga oshirishga yordam beradigan jamoa a’zolari vaularning tajribasini taqdim eting.
Taqdimot aniq, mantiqiy va haqiqiy ma’lumotlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Bu potensialinvestorlar bilan ishonch o‘rnatish va jiddiy rivojlanishga tayyor ekaningizni ko‘rsatishgayordam beradi.
5. Muqobil moliyalashtirish manbalarini o‘rganish va xalqaro tadbirlarda ishtirok etish
An’anaviy investitsiyalardan tashqari, zamonaviy startaplar mablag‘ jalb qilishning turli xil muqobil usullaridan, shu jumladan global imkoniyatlarni ochadigan xalqaro tadbirlarda ishtirok etishdan foydalanishi mumkin. Bu usullarning har biri o‘ziga xos afzallik va xususiyatlarga ega.
• Xakatonlar va tanlovlar:
Xakaton va tanlovlarda faol ishtirok etish — bu o‘z g‘oyasini sinab ko‘rish, iste’dodli hamfikrlarni topish va investorlar e’tiborini jalb qilishning ajoyib usulidir. “Open Data Challenge”, “President Tech Award” kabi tadbirlar, shuningdek, “ICT Week Uzbekistan”, “Digital Bridge” va boshqa platformalardagi startap tanlovlari nafaqat loyihangizning innovatsionligini namoyish etish, balki qimmatli fikr-mulohazalar olish, foydali aloqalar o‘rnatish va hatto dastlabki hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Bu startapni rivojlantirishni tezlashtirish va uning bozordagi taniqliligini oshirishga yordam beradigan amaliy qadamdir.
• Biznes akseleratorlari:
Akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish (masalan, 2022-yildan buyon Markaziy Osiyodan startaplar bilan 3 to‘lqin dasturni o‘tkazgan “Plug and Play Uzbekistan”, uning bitiruvchilari “Plug and Play Tech Center” venchur fondi va ularning hamkorlaridan investitsiyalar jalb qilgan, joriy yilda IT Park Uzbekistan bazasida ishga tushiriladigan “Alchemist Accelerator”, “StartX”, “Hero Training” (Draper University), “Y Combinator”, “500 Eurasia” (har yili butun dunyo bo‘ylab asoschilrdan arizalarni qabul qiladi) startapni rivojlantirishni tezlashtirishga, intensiv mentorlik, o‘qitish va netvorkingni yo‘lga qo‘yish orqali yordam beradi. Garchi dastur vaqt bo‘yicha cheklangan va katta sa’y-harakatlarni talab qilsa-da, u keng doiradagi ekspertlar va salohiyatli investorlarga yo‘l ochadi.
• Xalqaro tadbirlarda ishtirok etish:
Shuningdek, “TechCrunch Disrupt”, “Web Summit”, “GITEX”, “Inmerge Innovation Summit”, “Baku ID”, “Slush” va boshqa xalqaro anjuman va tadbirlarda ishtirok etish startap rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu tadbirlar nafaqat o‘z g‘oyasini jahon auditoriyasiga taqdim etish, balki sohaning yetakchi ishtirokchilaridan qo‘llab-quvvatlash olish uchun noyob imkoniyat yaratadi. IT Park Uzbekistan va “IT Park Ventures”ning qo‘llab-quvvatlashi startaplarga ushbu tadbirlarda ishtirok etishga yordam beradi: stend bilan ishtirok etish va yirik platformalarda o‘z taqdimotini namoyish etish imkoniyati uchun loyihalarni tanlash muntazam ravishda o‘tkaziladi. Bu foydali aloqalarni o‘rnatish, xalqaro ekspertlar va investorlar bilan tajriba almashish, shuningdek, loyihangizning global miqyosda tan olinishini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.
• Biznes farishtalari:
Dastlabki bosqichda sarmoya kiritishga tayyor bo‘lgan xususiy sarmoyadorlar nafaqat kapital taqdim etishlari, balki tajriba, aloqalar va strategik maslahatlar bilan o‘rtoqlashishlari mumkin. Ular ko‘pincha ustoz vazifasini bajaradi va biznes modelini takomillashtirishga yordam beradi.
• Davlat grantlari:
Davlat innovatsion loyihalarni grantlar va subsidiya dasturlari orqali faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Grantni olish biznes-reja va taqdimotni puxta tayyorlashni talab qiladi, lekin nafaqat moliyalashtirishga, balki boshqa investorlarning ishonchini oshirishga ham imkon beradi.
• Bank krediti:
Garchi bank kreditlari mablag‘larni jalb qilishning ommabop usuli bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, yuqori foiz stavkalari va ta’minot talablari tufayli ular startaplar uchun unchalik jozibador bo‘lmasligi mumkin. Shunga qaramay, kreditlar to‘g‘ri moliyaviy rejalashtirishda operatsion xarajatlarni qoplash uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Moliyalashtirish usulini tanlash loyihangizning o‘ziga xos xususiyatlariga, uning rivojlanish bosqichi va maqsadlariga bog‘liq. Investitsiyalarni jalb qilishning an’anaviy va muqobil usullaridan tashqari, xalqaro anjumanlar, taqdimot tanlovlari va xakatonlarda ishtirok etish muhim rol o‘ynaydi. “TechCrunch Disrupt”, “Web Summit”, “GITEX”, “Inmerge Innovation Summit”, “Baku ID”, “Slush” kabi tadbirlar, shuningdek, yirik xakatonlar startaplarga investorlarning e’tiborini jalb qilish, hamkorlar topish va moliyalashtirish olish imkonini beradi. Xakatonlar, o‘z navbatida, jamoalarga g‘oyalarni sinab ko‘rish, mahsulotni takomillashtirish va grantlar yoki investitsiyalarni yutib olishda yordam beradi. IT Park Uzbekistan va “IT Park Ventures” muntazam ravishda xalqaro anjumanlarda stend, taqdimot sessiyalari bilan ishtirok etish uchun tanlovlar o‘tkazadi, shuningdek, O‘zbekistonda xakatonlar va tanlovlar tashkil etib, mahalliy startaplarga xalqaro imkoniyatlardan foydalanish yo‘lini ochadi.
IT Park Ventures — Startaplar uchun venchur fondi imkoniyatlari
2024-yil 14-oktyabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Raqamli startaplar dasturi”ni tasdiqlagan PQ-357 qarorini imzoladi. Ushbu dastur doirasida 2024-yil 7-dekabrda startaplarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy vositasi va O‘zbekistonni mintaqadagi yetakchi startap-hablardan biriga aylantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lgan “IT Park Ventures” venchur fondimiz ishga tushirildi.
“Fondimiz 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan ‘Yo‘l xaritasi’ga kiritilgan bo‘lib, startaplarni ko‘paytirish, ularning xalqaro bozorlarga chiqishi va investitsiyalar jalb qilishga qaratilgan. Yanvar oyi boshidan beri biz istiqbolli loyihalar bilan 30 dan ortiq uchrashuv o‘tkazdik va ularning bir nechtasi investitsiya kiritish uchun batafsil ko‘rib chiqilmoqda” — dedi Azamat Karamatov.
“IT Park Ventures” bir qator istiqbolli yo‘nalishlarda startaplarni qo‘llab-quvvatlaydi, jumladan:
• Sun’iy intellekt va mashinaviy ta’lim (AI/ML)
• Yashil texnologiyalar (GreenTech)
• Ta’lim texnologiyalari (EdTech)
• Moliyaviy texnologiyalar (FinTech)
• O‘yinlarni ishlab chiqish (GameDev)
va boshqa innovatsion sohalarda amalga oshiriladi.
Investitsiyalarning o‘rtacha miqdori taxminan 150 ming dollarni tashkil etadi, bunda investitsiyalar diapazoni quyidagicha o‘zgaradi:
• G‘oya bosqichi: 10 ming dollardan 30 ming dollargacha.
• MVP bosqichi: 50 ming dollardan 150 ming dollargacha.
• O‘sish bosqichi: 150 ming dollardan 300 ming dollargacha.
• Round “A”: 500 ming dollardan 1 million dollargacha.
“Moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdan tashqari, biz startaplarga mentorlik yordamini, xalqaro aloqalardan foydalanishni va davlat tomonidan birgalikda moliyalashtirishni taqdim etamiz, —dedi ‘IT Park Ventures’ bosh direktori. — Biz, shuningdek, loyihalarga birgalikda sarmoya kiritish uchun Markaziy Osiyo va AQShdagi xalqaro akseleratorlar, fondlar va investorlar bilan faol hamkorlik qilamiz. Xususan, ‘Plug and Play Tech Center’ bilan yaqin hamkorlik bizga loyihalarni tahlil qilish, bitimlarni tuzish va startaplarga o‘z mahsulotlarini rivojlantirish, xalqaro bozorlarga chiqish strategiyasi va butun dunyo investorlaridan investitsiyalarni jalb qilishda yordam berish uchun xalqaro ekspertlardan yordam olishimizga yordam beradi”.
Bundan tashqari, PQ-357-son qaror doirasida moliyalashtirishning qo‘shimcha mexanizmlari —100 ming dollargacha bo‘lgan investitsiyalar (kapitali 50 million dollardan yuqori bo‘lgan xalqaro venchur fondlaridan investitsiyalarni jalb qilgan startaplar uchun) va 300 million so‘mgacha kreditlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular jamg‘armamiz negizida joriy etiladi. Ushbu chora-tadbirlar barqaror startap ekotizimini yaratish va o‘zbekistonlik startaplarning jahon maydonidagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
Agar startapingiz rivojlanishning keyingi bosqichiga tayyor bo‘lsa va siz nafaqat sarmoya, balki strategik hamkorni ham qidirayotgan bo‘lsangiz, https://itparkventures.uz/ saytida ariza bering.
“Ishonchimiz komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan innovatsiyalar haqiqiy taraqqiyotga olib boradigan kelajakni barpo eta olamiz”.