29-may
Qozog‘iston, salom: Tilmoch.ai qozoq tilida so‘zlay boshladi
Sun’iy intellekt olamidan qaynoq yangilik: IT Park rezidenti “Tilmoch.ai” startapi Qozog‘iston bozoriga rasman kirib keldi va o‘zining aqlli tarjimoniga qozoq tilini qo‘shdi. Ha-ha, O‘zbekistonni zabt etgan o‘sha “Tilmoch” endi tarjimani qozoq tilli auditoriya uchun ham qulay va sifatli qilishga bel bog‘ladi.
Jamoa kirill alifbosidagi qozoq tilining barcha nozik jihatlarini ilg‘ab olish uchun modelni kitoblardan tortib veb-saytlargacha bo‘lgan tonnalab haqiqiy matnlarda o‘qitdi. Natija? Tarjimalar tabiiy va to‘g‘ri jaranglaydi, klaviaturani bosib ketgan mushuk qilgandek emas. Professional tarjimonlar allaqachon uni yuqori baholashdi.
Nimalar taqdim etiladi:
Nega faqat kirill alifbosida? Hammasi oddiy: Qozog‘istonda lotin yozuvining yakuniy versiyasi hali tasdiqlanmagan, “Tilmoch” esa noaniq narsalarga asoslanib ish ko‘rmaslikka qaror qildi — hozircha shunday.
Ayni paytda “Tilmoch” oyiga 130 mingdan ortiq faol foydalanuvchiga ega, ular asosan O‘zbekistondan. Ammo kompaniyada ta’kidlashlaricha, Qozog‘iston ulkan salohiyatga ega va bu mintaqaga keng ko‘lamli kirib kelishning boshlanishi, xolos.
Eslatib o‘tamiz, startap 2022-yilda “mGovAward 2022” tanlovida g‘olib bo‘lib, 50 ming dollar, shuningdek, 2023-yilda “Sun’iy intellect” yo‘nalishi bo‘yicha “President Tech Award” g‘olibiga aylanib, 100 ming dollar miqdoridagi sovrinni qo‘lga kiritdi.
Rejalar ulkan: 2025-yil oxirigacha platforma Markaziy Osiyo va Kavkazning barcha asosiy tillarini qamrab olmoqchi. Hozirning o‘zida arsenalda: o‘zbek, rus, ingliz, qoraqalpoq, qozoq, turk, koreys va xitoy tillari (oxirgi ikkitasi hozircha “sinov rejimi”da) mavjud.
“Tilmoch.ai” chegaralarni kengaytirishda davom etmoqda. Agar siz haqiqatan ham mahalliy tillar bilan ishlaydigan mos sun’iy intellekt tarjimonini qidirgan bo‘lsangiz — mana u. Qozog‘iston, yangi raqamli yordamchingizni kutib oling.
Mavzular: