22-yanvar

Umummilliy AI Hackathonning uchinchi kuni: TOP-23 jamoa aniqlandi
Bugun Umummilliy AI Hackathonning uchinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqichda ishtirokchilar o‘z loyihalarini mentorlar va ekspertlar oldida taqdim etib, texnik sifati, innovatsion yondashuvi hamda amaliy ahamiyati bo‘yicha baholandi. Natijada turli yo‘nalishlar kesimida eng yuqori ball to‘plagan TOP-23 jamoa aniqlandi.
Quyida yo‘nalishlar bo‘yicha jamoalar reytingi keltiriladi.
Kiber xavfsizlik yo‘nalishi
- Unit Coders — 7.08
- Legit — 6.70
- Cyber uz — 5.74
Sog‘liqni saqlash yo‘nalishi
- Praxion — 5.83
- 21 — 5.42
- Flexia — 5.12
- Curanow — 4.80
- Rakun AI — 4.79
Ta’lim yo‘nalishi
- AI Club — 8.12
- Ilmla — 7.76
- Whomever — 7.62
- Alisher Company — 7.35
- IdeaNova — 6.72
- RoboMind — 6.63
Tadbirkorlik yo‘nalishi
- PiedPiper — 8.82
- Keeper — 7.50
- Bubl_team — 7.26
- E-brain — 7.24
- Yosh Dasturchi — 7.10
Giyohvand moddalar nazorati yo‘nalishi
- CyberTeam — 8.53
- AIX — 7.09
- Sentinel — 5.77
- MSGA — 5.68
- AI Solutions — 5.45
Eslatib o‘tamiz, ertaga Umummilliy AI Hackathonning yakuniy kuni bo‘lib o‘tadi. Unda saralangan jamoalar o‘z loyihalarini final bosqichida himoya qiladi va g‘oliblar e’lon qilinadi.









