23-yanvar

Umummilliy AI Hackathon finali: g‘olib jamoalar e’lon qilindi
Umummilliy AI Hackathonning final bosqichi yakunida eng yaxshi jamoalar va ularning natijalari aniqlandi. Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z sun’iy intellekt loyihalarini taqdim etib, mentorlar va ekspertlar tomonidan baholandi.
Yo‘nalishlar bo‘yicha natijalar:
Meditsina texnologiyalari
Birinchi o‘rin – 21
Ikkinchi o‘rin – Flexia
Uchinchi o‘rin – Praxion
Kiberxavfsizlik
Birinchi o‘rin – Unit Coders
Ikkinchi o‘rin – Legit
Uchinchi o‘rin – Cyber uz
Ta’lim texnologiyalari
Birinchi o‘rin – AI Club
Ikkinchi o‘rin – Whomever
Uchinchi o‘rin – Alisher Company
Giyohvand moddalar nazorati yo‘nalishi
Birinchi o‘rin – CyberTeam
Ikkinchi o‘rin – Sentinel
Uchinchi o‘rin – AIX
Tadbirkorlik
Birinchi o‘rin – Yosh Dasturchi
Ikkinchi o‘rin – PiedPiper
Uchinchi o‘rin – Bubl_team
Sovrinlar taqsimoti: 1-oringa loyiq topilgan jamoalar har bir a’zosi uchun MacBook bilan taqdirlandi, 2-oringa ega bo‘lgan jamoalarga Uzum platformasida 10 million so‘mlik xarid imkonini beruvchi promokod berildi, 3-oringa chiqqan jamoalar har bir ishtirokchi uchun Coursera platformasi sertifikati bilan mukofotlandi.
Hackathon yosh mutaxassislar uchun bilim almashish, jamoaviy ishlash va sun’iy intellekt sohasida innovatsion yechimlar yaratish uchun muhim platforma bo‘ldi.









