3-iyul

Onlayn Hamshira: startap sog‘liqni saqlash sohasida o‘yin qoidalarini qanday o‘zgartirmoqda
Poliklinikalarni unuting! Tibbiyotning kelajagi allaqachon shu yerda va bu — Onlayn Hamshira! Jamoa bemorlarni hamshiralar, feldsherlar hamda shifokorlar bilan onlayn bog‘laydigan zamonaviy platforma yaratishdi. Uyda ukol qildirishmi? Ofisda bog‘lashmi? Parkda maslahat olishmi? Barchasi oson! Buni qanday amalga oshirganlarini hozir aytib beramiz!
Shaxsiy muammolardan keng ko‘lamli yechimga
2022-yilda startap asoschisi muammoga duch keldi: uning qarindoshlariga yordam kerak kerak bo‘lganida, ishonchli tibbiy mutaxassis topish qiyinchilik tug‘dirdi. Ana shu paytda u vaqt va asablarni tejaydigan xizmat kerakligini tushundi. Shunday qilib, “Onlayn Hamshira” g‘oyasi paydo bo‘ldi. Oradan ikki yil o‘tib, startap $100 ming miqdorida grant yutib oldi va “President Tech Award” mukofotiga sazovor bo‘ldi!
Startapning missiyasi: sifatli tibbiy xizmat yo‘lidagi barcha to‘siqlarni bartaraf etish. Endi navbatlar, murakkab ro‘yxatga olish jarayonlari va shifokor malakasiga shubha qilish – o‘tmishda qoldi!

“Onlayn Hamshira” bozorni qanday egallamoqda?
- Raqamli yechimlar: Barcha jarayonlar — mobil ilova, veb-sayt yoki Telegram-bot orqali amalga oshiriladi. Foydalanuvchi mutaxassisni tanlaydi va muolajadan so‘ng naqd yoki naqd pulsiz usulda to‘lov qiladi.
- Xavfsizlik va tezkorlik: Tibbiy mutaxassislarning malakasi algoritmlar orqali tekshiriladi, geolokatsiya esa eng yaqin bo‘sh shifokorni topadi.
- Kimlar uchun? Yosh ota-onalar, band ofis xodimlari, keksa qarindoshlariga g‘amxo‘rlik qiluvchilar — o‘z vaqtini qadrlaydigan har bir kishi uchun.
Asosiy afzallik: Avtomatlashtirilgan reyting va fikr-mulohazalar tizimi. Foydalanuvchilar o‘zlariga mos shifokorni tanlaydilar va buyurtma berilgach, aynan kim kelayotgani ilovada ko‘rsatiladi.
Kelajakdagi rejalar: Teletibbiyot, sun’iy intellekt va global kengayish
“Onlayn Hamshira” buning o‘zi bilan chegaralanib qolmoqchi emas:
- 2025-yilga kelib — onlayn maslahatlar va sug‘urta paketlari.
- Sun’iy intellekt yordamida bemorlar ehtiyojlarini bashorat qiluvchi aqlli tahlil tizimi.
- Maqsad — MDH va Yaqin Sharq bozorini egallash.
Ularni ilhomlantiradigan tendensiyalar: uyda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar, sog‘liqni saqlash tizimining raqamlashtirilishi va kasalliklarni davolashdan ko‘ra ularning oldini olish.

Startap asoschisidan qisqa tavsiyalar
- Eng muhim maslahat: “Mahsulot mukammal bo‘lmasa-da, uni imkon qadar erta ishga tushiring. Foydasiz “keyin”dan ko‘ra, foydali “erta” afzal”.
- Asoschining asosiy sifati: Qat’iyatlilik! “Yiqildingizmi? o‘rningizdan turing, qanotingizni tuzating va uchishda davom eting”.
- Muqobil yo‘l: “Ta’lim sohasida ishlagan bo‘lardim, lekin startap — bu mening DNK”.
Nima uchun “Onlayn Hamshira”ni diqqat bilan kuzatish lozim?
Bu shunchaki xizmat emas, bu — ijtimoiy vazifa! Ular texnologiyalar insonparvar bo‘lishi, tibbiyot esa har bir inson uchun ochiq bo‘lishi mumkinligini isbotlamoqda. Agar siz startap yaratmoqchi bo‘lsangiz — ularning yondashuvidan o‘rganing: muammolarni shaxsiy tajriba orqali hal qiling, raqamli yechimlarga tayaning va kengayishdan cho‘chimang.
Ularni qayerdan topish mumkin?
- 🌐 onlaynhamshira.uz
- 📱 Instagram: onlayn_hamshira
- ✈️ Telegram: t.me/onlayn_hamshira
- #Startup
- #Yangilik
Mavzular:









