27-dekabr

Open Data Challenge 2026 hakatonining natijalari
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida IT Park, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori hamda UzStat ko‘magida tashkil etilgan “Open Data Challenge 2026” hakatoni muvaffaqiyatli yakunlandi. Tadbir yoshlar o‘rtasida ochiq ma’lumotlardan foydalanish orqali innovatsion yechimlar ishlab chiqish madaniyatini rivojlantirishga qaratildi.
Hakatonga 150 dan ortiq ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi. Saralash bosqichidan so‘ng, 60 nafar ishtirokchi ochiq ma’lumotlarga asoslangan raqamli yechimlarni ishlab chiqish jarayonida ishtirok etdi.
Hakaton yakunlariga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:
Hakaton g‘oliblari:
- 1-o‘rin: School 21
- 2-o‘rin: Dior X
- 3-o‘rin: Shakarop
1-o‘rin sohibi — School 21 jamoasi tomonidan taqdim etilgan AntiRisk.uz platformasi 15 milliondan ortiq ochiq ma’lumotlar asosida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda bizneslar uchun xavflarni baholash va to‘g‘ri qaror qabul qilishda yordam beradi.
2-o‘rin — Dior X jamoasiga nasib etdi. Ularning loyihasi yopiq auksionlarda B2B narxlarni tahlil qilish va baholashga qaratilgan bo‘lib, biznes subyektlari uchun muhim analitik yechimlarni taklif etadi.
3-o‘rinni egallagan Shakarop loyihasi esa talabalarni yirik kompaniyalardagi amaliyot (internship) imkoniyatlari bilan bog‘lovchi platforma sifatida taqdim etildi.
“Open Data Challenge 2026” kabi tadbirlar ochiq ma’lumotlarni amaliyotga tatbiq etish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish va yoshlarning real muammolarga yechim yaratishdagi faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
- #Startup
- #Yangilik
Mavzular:









