5-may
Kichik jamoalar, katta natija: startaplar sun’iy intellekt yordamida samaradorlikni qanday o‘zgartirmoqda
Ilgari sun’iy intellekt (SI) faqat yirik korporatsiyalar va ulkan byudjetlarga ega kompaniyalar uchun mo‘ljallangandek tuyulardi. Bugungi kunda esa vaziyat tubdan o‘zgardi: texnologiyalar tobora ommalashib bormoqda va bu bilan birga startaplar uchun ham yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Kichik jamoalar, hattoki yakka dasturchilar ham bizning ishlash, ta’lim olish va qaror qabul qilish uslubimizga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan mahsulotlarni yaratmoqdalar.
Bu shunchaki taassurot emas. Sent-Luis Federal zaxira banki ma’lumotlariga ko‘ra, kundalik ish faoliyatida sun’iy intellektdan foydalanadigan xodimlar o‘rtacha 5,4% vaqtni tejashga erishgan va ularning unumdorligi 33% ga oshgan. Bunday natijalarga korxonalarning o‘z mahsulotlari yordamida ham, shuningdek, tashqi innovatsion yechimlarni — jumladan, startaplarning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish orqali ham erishilmoqda.
To‘g‘ri, bozorga allaqachon “OpenAI” kabi yirik o‘yinchilar kirib kelgan. Biroq kichik jamoalar uchun ham imkoniyatlar mavjud. Quyida o‘z o‘sish nuqtasini topib, an’anaviy vazifalarga yondashuvni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan ikki jamoa misoli keltirilgan.
Dasturchilar uchun vayb-kodlash: Anysphere va Cursor
Mahsulotni tezda chiqarishni istaysiz-u, ammo jamoangizda atigi ikki nafar dasturchi bormi? Ishlab chiqish jarayonini qanday qilib tezlashtirish va shu bilan birga sifatni saqlab qolish mumkin? 2022-yilda AQShdagi Massachusets texnologiya institutining to‘rt nafar bitiruvchisi aynan shu savolga javob izlashga kirishdi. Ular “Anysphere Inc.” nomli startapga asos solishdi va hozirda sun’iy intellekt asosidagi eng istiqbolli ishlanmalardan biri hisoblangan mahsulotni — “Cursor”ni ishga tushirishdi.
Cursor — bu “Visual Studio Code” muharririga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiyalashgan sun’iy intellekt yordamchisi bo‘lib, oddiy til orqali berilgan ko‘rsatmalarni to‘liq ishlaydigan kodga aylantira oladi. Uning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
Bu “sehr”ning zamirida katta til modellari ((LLM — Large Language Models) yotibdi, bu esa kichik jamoalarga ham tezroq, aniqroq va kamroq xarajatlar bilan dasturlash imkonini beradi.
G‘oyadan milliardlab dollargacha
2023-yilda ishga tushirilganidan beri “Anysphere” dastlab “OpenAI Startup Fund” jamg‘armasidan 8 million dollar, so‘ngra “Andreessen Horowitz”dan A bosqichida 60 million dollar va “Thrive Capital” hamda o‘sha “Andreessen”dan B bosqichda yana 105 million dollar jalb qildi. Kompaniyaning bozor qiymati 2,5 milliard dollarga yetdi, hozir esa 10 milliard dollarga baholanayotgan yangi moliyalashtirish bosqichi ustida muzokaralar olib bormoqda.
Daromadlar o‘sishi o‘zi uchun gapirmoqda: 2023-yilda 1 million dollar bo‘lgan tushum 2024-yilda 100 million dollarga yetgan. “Y Combinator” ma’lumotlariga ko‘ra, qishki to‘plamdagi startaplarning 25 foizi allaqachon o‘z dasturiy ta’minotini deyarli to‘liq sun’iy intellekt yordamida yozmoqda. Bu shuni ko‘rsatadiki, vayb-koding — bu shunchaki navbatdagi trend emas, balki dasturlashda yangi me’yordir.
Shu tariqa, kechagina talaba bo‘lgan kichik bir jamoa samarali ish qurolini taklif etish orqali butun dunyoga o‘zini tanita oldi. Bugun ularning kompaniyasi Silikon vodiysining qoq markazida joylashgan, vayb-kodlash vositalari esa startap loyihalarining to‘rtdan bir qismida qo‘llanilmoqda.
Cheksiz izlash o‘rniga aqlli qidiruv: Perplexity AI
Yana bir misol — bu “Perplexity AI” startapi bo‘lib, u axborot qidirish tamoyilini butunlay yangicha yondashuv asosida qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi. Kompaniya 2022-yilda tashkil etilgan, uning ilk ishchi versiyasi esa atigi bir necha soat ichida — “Bing” va “GPT-3” asosida yaratilgan.
“Perplexity” — bu aqlli chat-qidiruv tizimi sifatida ishlaydi: foydalanuvchi savol beradi, tizim esa nafaqat javobni topadi, balki uni manbalarni ko‘rsatgan holda tushuntirib beradi. Platorma bir vaqtning o‘zida bir nechta sun’iy intellekt modellaridan foydalanadi: “GPT”, “Claude”, “DeepSeek”, “Llama”, “Gemini”. Bunday yondashuv quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
“Perplexity” hatto “Google” kabi gigantlar bilan raqobatlashishdan cho‘chimaydi — va bu yondashuv natija bermoqda. Barchasi esa atigi to‘rt nafar sun’iy intellekt va mashinali o‘rganish (ML) muhandisining qidiruv va tahlilga yangicha yondashuv g‘oyasidan boshlangan. Aytgancha, asoschilardan biri — Denis Yaras — MDHdan chiqqan mutaxassis. Bugungi kunda esa “Perplexity” Silikon vodiysidagi startap sanoatining markaziy o‘rinlaridan birini egallagan.
O‘sish va investitsiyalar
2024-yilda “Perplexity” ketma-ket to‘rtta investitsiya raundini o‘tkazdi. Bu jarayonda kompaniya quyidagi mablag‘larni jalb qildi:
Yil oxiriga kelib, kompaniyaning bozor bahosi 9 milliard dollarga yetdi. 2025-yilda esa ular 18 milliard dollarlik maqsad bilan yangi moliyalashtirish raundi yuzasidan muzokaralar olib bormoqda. Startap auditoriyasi va daromadlarida keskin o‘sishni namoyish etmoqda hamda monetizatsiya uchun reklama va hamkorlik asosidagi modellarni faol rivojlantirmoqda.
Bu siz uchun nimani anglatadi?
“Cursor” va “Perplexity” startaplarining muvaffaqiyat hikoyalari shuni ko‘rsatadiki, kuchli sun’iy intellekt mahsulotini yaratish uchun yirik korporatsiya bo‘lish yoki o‘z neyron tarmog‘ingizni ishlab chiqish shart emas. Mavjud texnologiyalarni birlashtirib, ularni bozorning aniq ehtiyojlariga moslashtirish orqali ham katta natijalarga erishish mumkin.
Agar o‘z kuchingizni sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz:
Sun’iy intellekt — investorlar uchun ustuvor yo‘nalish
Eslatib o‘tamiz: “IT Park Ventures” fondi sun’iy intellekt asosidagi startaplarga faol sarmoya kiritmoqda. Aynan shu sohadagi loyihalar — eng ustuvor yo‘nalishlar sirasiga kiradi. Agar siz ushbu sohada biror loyiha yaratayotmoqchi bo‘lsangiz — hozir bu borada moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga erishish imkoniyati har qachongidan yuqori.
Nimadan boshlashni chuqurroq tushunishni xohlaysizmi? Sun’iy intellekt texnologiyalari va startaplar uchun istiqbolli yo‘nalishlar haqidagi maqolamizga e’tibor qarating — bu muvaffaqiyatli g‘oya sari birinchi qadam bo‘lishi mumkin.
Mavzular: