25-noyabr

Startup Base haftalik Startup Advice sessiyasida 100 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi
Startup Base tomonidan tashkil etiladigan haftalik Startup Advice dasturi navbatdagi haftada ham onlayn va oflayn formatlarda davom ettirildi. Ushbu safar sessiyalar bir nechta oliy ta’lim muassasalari — Amity, MDIS va TDIU — bazasida oflayn tarzda ham o‘tkazilib, ishtirokchilarga qo‘shimcha amaliy tajriba taqdim etdi.
Hafta davomida:
- 100+ ishtirokchi,
- 17 ta startap,
- 10 ta oflayn,
- 7 ta onlayn sessiyada qatnashdi.
Universitetlar kesimidagi ko‘rsatkichlar:
- AMITY — 60+ ishtirokchi
- MDIS — 10+ ishtirokchi,
- 2 ta startapga individual maslahat,
- TDIU — 10+ ishtirokchi
Ishtirokchilarni qiziqtirgan asosiy mavzular startap biznes-modelini shakllantirish, investitsiya jarayonlari va bozorga chiqish strategiyalariga oid bo‘ldi.
Startup Advice dasturi har hafta yoshlarga, talabalarga va startap asoschilariga bepul maslahat va ekspert ko‘magini taqdim etishda davom etadi. Agar sizning ta’lim muassasangizda ham Startup Advice sessiyasini o‘tkazishni istasangiz, IT Park bilan bog‘lanishingiz mumkin.
- #Startup
- #Yangilik
Mavzular:









