26-iyun
Startup Boost Uzbekistan: IT Park’ning birinchi mintaqaviy akseleratsiya dasturining 15 nafar finalchisi aniqlandi
IT Park Uzbekistan mamlakatning barcha hududlarini qamrab olgan birinchi keng ko‘lamli akseleratsiya dasturi - Startup Boost Uzbekistan natijalarini e’lon qildi. Tashabbus hududlarda tadbirkorlik salohiyatini faollashtirish, istiqbolli loyihalarni aniqlash va ularga mentorlik, ta’lim va tarmoq yordamini ko‘rsatish maqsadida boshlangan.
Birinchi oqim doirasida respublika bo‘ylab 108 ta startap tanlab olindi. Ishtirokchilar bir oylik intensiv tayyorgarlik dasturidan o‘tdilar, unda ular biznes modellari, mahsulot, taqdimot, investitsiyalarni jalb qilish va startaplarni rivojlantirishning boshqa asosiy jihatlari ustida ishladilar. Ular bilan O‘zbekiston va xorijdan kelgan tajribali murabbiylar, ekspertlar shug‘ullandi.
Dastlab, 10 ta jamoa final bosqichiga chiqishi rejalashtirilgan edi. Biroq, akseleratsiya natijalariga ko‘ra, loyihalarning yuqori darajasi va hakamlar hay’atining tavsiyalarini hisobga olgan holda, finalchilar sonini 15 tagacha oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Toshkentda o‘tkaziladigan Demo Day’da ishtirok etadigan finalchilar:
Yakuniy tadbir - Demo Day startaplar uchun o‘z yechimlarini potensial investorlar, hamkorlar va texnologik hamjamiyat vakillariga taqdim etish imkoniyati bo‘ladi.
Demo Day barcha uchun ochiq — unda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
🗓 Sana: 1-iyul | 17:00
📍 Manzil: Startup Garage (https://maps.app.goo.gl/7QonYt12rHxyitXe6?g_st=ic)
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSf-KHEiUgg_1rOxhqDmiEW1shStmRG1TR3cZIhe4cmXiGn4vQ/viewform)
Akseleratsiya dasturining barcha faol ishtirokchilari shu hafta oxirida raqamli sertifikatlarga ega bo‘ladilar.
IT Park Uzbekistan "Startup Boost Uzbekistan"ning birinchi oqimiga qo‘shilgan barchaga: startap jamoalari, mentorlar, ekspertlar, mintaqaviy koordinatorlar va hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiradi.
Mavzular: