19-fevral

Farg‘onadagi ixtisoslashtirilgan maktabda Startup Roadshow o‘tkazildi
19-fevral kuni Farg‘ona shahridagi 2‑sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida Startup Roadshow tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida maktab o‘quvchilari startap ekotizimi, tadbirkorlik va innovatsion fikrlash asoslari bilan tanishtirildi.
Uchrashuv doirasida startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi qaror (PQ-59) va undagi imkoniyatlar, shuningdek, maktablarda joriy etilayotgan “Mohirlik va biznes soati” tashabbusining mazmuni hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga g‘oya topish va muammoni aniqlash, jamoa shakllantirish, bozorni o‘rganish hamda loyihalarni samarali taqdim etish (pitch) bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Uchrashuv interaktiv savol-javoblar va ochiq muloqot ruhida o‘tdi, o‘quvchilar o‘z startap g‘oyalari bilan o‘rtoqlashib, mutaxassislardan kerakli maslahatlar oldi.
Startup Roadshow tadbirlari yoshlar orasida innovatsion fikrlashni rivojlantirish, ularni kelajak kasblariga tayyorlash va startap madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.









