18-noyabr

Toshkentda CBU Coding Challenge 2025 bo'lib o'tdi.
IT Park Uzbekistan va O'zbekiston Markaziy banki Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Boston Consulting qo'llab-quvvatlovi bilan Toshkentda CBU Coding Challenge 2025 tanlovini o'tkazdi. Tanlov ma'lumotlar fanlari va miqdoriy tahlil sohasidagi iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatladi va ishtirokchilarning kredit to'lovlari bo'yicha majburiyatlarni bajarmaslik holatlarini aniqlash uchun statistik va mashina o'rganish modellari qo'llash bo'yicha ko'nikmalarini sinovdan o'tkazdi.
CBU Coding Challenge — istiqbolli g‘oyalar, mutaxassislar va yangicha yechimlarni bir maydonga jamlovchi tashabbus bo‘ldi. Maqsad — data-engineering sohasidagi iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion yondashuvlar orqali moliyaviy xizmatlarni yanada ommalashtirish, tezkor va qulay bo‘lishi uchun yechimlarni yaratishdan iborat.

Tanlovga jami 629 ta ariza qabul qilindi, saralash natijasida 177 nafar ishtirokchi tanlanib, shundan 42 ta jamoa shakllantirildi. Ularga — 48 soat ichida kredit qaytarmaslik (defolt) ehtimolini baholaydigan model yaratish vazifasiyuklatildi.

Birinchi kun: vazifa va texnik talablar bilan tanishish
Ishtirokchilarga asosiy topshiriq, ma’lumotlar to‘plami va texnik shartlar taqdim etildi. IT Park Uzbekistan va BCG mutaxassislari trening va maslahatlar o‘tkazdi. Jamoalar dastlabki yondashuvlarini shakllantirib, ularning bilim va ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi.

Ikkinchi kun: modellarning amaliy sinovi
Tanlovning ikkinchi kunida ishtirokchilar o‘z modellari ustida ishlashni davom ettirib, risk segmentlarini aniqlash, defolt ehtimolini baholash va algoritmlarni real amaliyotga yaqin sharoitlarda sinovdan o‘tkazdi. Bu bosqich texnik ko‘nikmalar bilan birga iqtisodiy fikrlashni ham talab qildi.

Tanlov g‘oliblari:
1-o‘rin — Renaissance Technologies — 150 mln so‘m
2-o‘rin — MAAB Innovation — 100 mln so‘m
3-o‘rin — DataVision — 50 mln so‘m

Ishtirokchilar uchun eng katta imkoniyat bu — Markaziy bankda ishlash va kelgusida moliya tizimida faoliyat boshlash imkoniyatidir.
Loyihaning asosiy maqsadi
“CBU Coding Challenge 2025” quyidagi yo‘nalishlarda yoshlar salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi:
•data scienceyo‘nalishida yangi kadrlar tayyorlash;
•kredit xavflariniboshqarishdainnovatsion yechimlarni joriy etish;
•davlat, biznes va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish;
•ishtirokchilarga amaliy tajriba berish.
Tanlovda qatnashayotgan 177 nafar yosh mutaxassis kelgusida bank texnologiyalari, fintech yechimlar va moliyaviy siyosatni shakllantirishda faol ishtirok eta oladi.
- #Startup
- #Yangilik
Mavzular:









