9-dekabr

O‘zbekistonda Digital Startup Awardsning yakuniy yarim final bosqichi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda Digital Startup Awards (DSA) dasturining so‘nggi yarim final bosqichi o‘tkazilib, Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlaridagi tanlov jarayonlariga yakun yasadi.
Ushbu bosqichda 18 ta startap o‘z loyihalarini taqdim etdi. G‘oyalar logistika, ko‘chmas mulk, kommunal xizmatlar, e-commerce infratuzilmasi va raqamli texnologiyalar yo‘nalishlarini qamrab oldi. Hakamlar hay’ati qarori bilan quyidagi jamoalar Grand Finalga yo‘llanma oldi:
O‘zbekiston nomidan Grand Finalga chiqqan startaplar
Tezbor — gig-iqtisodiyot kuryerlari va pick-up punktlari asosida onlayn savdo uchun AI-platforma.
Fleetroot — Last Mile Delivery, IoT Fleet Management va Order Management uchun SaaS yechimi bo‘lib, bizneslar uchun operatsion jarayonlarni optimallashtiradi.
UYSOT — ko‘chmas mulk quruvchilari uchun maxsus ishlab chiqilgan CRM va marketplace platformasi.
HGT — kommunal xizmatlar sohasini raqamlashtirayotgan, xavfsiz va qulay to‘lov tizimini yaratayotgan texnologik startap.
Hakamlar hay’ati
- Shakhzod Narzullaev — IT Park Ventures, investisiya menejeri
- Islambek Kadyrov — UzVC investisiya menejeri
- Shakhzod Ismoilov — Yoshlar Ventures investisiya menejeri
Tadbir Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan, IT Park Ventures, Startup Base va C-Space ko‘magida tashkil etildi.
Ushbu yarim final — barcha davlatlar bo‘yicha tanlovlarning yakuniy bosqichi bo‘lib, endi jamoalar $100 000 lik sovrin jamg‘armasi uchun o‘tadigan Grand Finalga tayyorlanmoqda.
Grand Final — bu dekabrda. Yangiliklarni kuzatib boring!
- #Startup
- #Yangilik
Mavzular:









