17-noyabr

O‘zbekiston startaplari Biban 2025 tadbirida ishtirok etib, potensial hamkorlar va investorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
O‘zbekiston startaplari Er-Riyodda bo‘lib o‘tgan Biban 2025 xalqaro tadbirida ishtirok etdi. Forum turli davlatlardan kelgan tadbirkorlik ekotizimi vakillari, texnologik kompaniyalar, investorlar va davlat tashkilotlarini bir maydonga jamladi. Ishtirokchilar biznes uchrashuvlar o‘tkazdilar, mahsulotlarini potensial hamkorlarga taqdim etdilar va Saudiya Arabistoni bozorining Vision 2030 doirasidagi rivojlanish xususiyatlarini o‘rgandilar.
Tadbirda "Dataprizma" o‘zining startap mahsulotlari bilan ishtirok etdi va forumda 60 ta muloqot o‘tkazdi, ulardan 10 dan ortig‘i keyingi muhokamalar uchun tanlab olindi. Kompaniya vakillari IT-kompaniyalar, konsalting agentliklari, inkubatorlar va davlat idoralari bilan muzokaralar olib bordi. Muhokama qilingan tashabbuslar orasida Saudiya Arabistoni Soliq qo‘mitasi tizimlari va elektron imzo xizmatlari bilan mumkin bo‘lgan integratsiyalar bor edi.
"Dataprizma" manfaatdor tashkilotlar bilan aloqani davom ettirishni rejalashtirmoqda, mahalliy ofis ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va yaqin kelajakda MENA mintaqasida ikkita startap mahsulotini ishga tushirishga tayyorlanmoqda.
_ppRa3CA.jpg)
Shariatga mos tokenizatsiya platformasi Mulk Protocol investorlar, davlat idoralari, akseleratorlar va IT-kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Suhbatlar akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish, regulyator sandbox bilan hamkorlik qilish hamda potensial sheriklik masalalarini qamrab oldi. Jamoaga ko‘ra, Saudiya bozorida samarali hamkorlik uchun doimiy shaxsiy uchrashuvlar va munosabatlarni mustahkamlash muhim omil hisoblanadi.
Medtech yo‘nalishidagi D-Clinics startapi investorlar, IT-kompaniyalar va akseleratorlar bilan 20 ortiq uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotlar qo‘llab-quvvatlash dasturlari, mahsulot integratsiyasi va investitsion imkoniyatlar haqida bo‘ldi. Jamoa hozirda takliflarni tahlil qilmoqda va texnik jihatlarni aniqlashtirmoqda.
Ofis va koverking ijarasi bo‘yicha marketplace xizmatini taklif etuvchi GoRent investorlar, davlat organlari, konsalting kompaniyalari va ko‘chmas mulk operatorlariga o‘z platformasini taqdim etdi. Saudiya kompaniyalari platformadagi joylashuvlardan foydalanish uchun arab tilidagi interfeys, SAR valyutasi, mahalliy to‘lov tizimlari (Mada, STC Pay) bilan integratsiya kabi lokalizasiya talablarini bildirdilar. CRM tizimlari bilan API integratsiyasi ham muhokama qilindi. MISA va Monsha’at vakillari IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda kelgusida qo‘shimcha suhbatlar o‘tkazish istagini bildirdilar.
PropTech yo‘nalishidagi UYSOT taxminan 10 ta potensial hamkor va mijoz bilan dastlabki uchrashuvlar o‘tkazdi. Suhbatlar kompaniya haqida umumiy ma’lumot almashish, hamkorlik nuqtalarini aniqlash va kelajakdagi pilot loyihalarni muhokama qilishga qaratilgan bo‘ldi. Jamoa kelgusida mahsulot taqdimotlari va batafsil uchrashuvlarni rejalashtirmoqda.
_pe37fAa.jpg)
Fonus Kids startapi 100 dan ortiq tashrif buyuruvchilar bilan muloqot qildi va 48 ta aloqa ma’lumotini almashdi. Startap ikki potensial hamkor bilan mahalliylashtirish, pilot loyihalar va hamkorlik shartlari bo‘yicha dastlabki muhokamalarni olib bormoqda. Qayta aloqa asosida jamoa mahsulotni moslashtirish bo‘yicha ishlamoqda.
SmartCast bir qator media agentliklar, tizim integratorlari va potensial mijozlar — chakana savdo tarmoqlari, tibbiyot muassasalari, sport markazlari hamda F&B kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Suhbatlarda eksklyuziv vakillik, sheriklik modellari va joriy etish mexanizmlari haqida fikr almashildi.
Delegatsiya tarkibidagi yana bir ishtirokchi — Linko — Biban 2025 davomida MENA bozoriga chiqish bo‘yicha sezilarli natijalarga erishdi. Startap Saudiya Arabistoni, BAA, Marokash va Sudan bozorlaridan 5–6 ta integrator bilan hamkorlik yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishdi, shuningdek 4–5 strategik investor tomonidan keyingi investitsiya raundiga qiziqish bildirildi. Linko POS, SFA Perfect Store va TAP mahsulotlari bo‘yicha 2026 yildagi potentsial pilotlar uchun asos yaratildi. Ushbu muloqotlar kompaniyaning mintaqaviy kengayish rejalarini tezlashtirib, Linkoning O‘zbekistondan chiqayotgan kuchli texnologik ekotizim sifatida xalqaro miqyosda o‘sishga tayyor ekanini ko‘rsatdi.
Ishtirokchilar Saudiya Arabistoni bozorida faoliyat yuritish uchun muhim bo‘lgan bir qator omillarni qayd etdilar: lokalizasiya talablari, mahalliy to‘lov tizimlarining mavjudligi, mahalliy yuridik shaxs bilan ishlashga ustunlik berilishi, ma’lumotlarni saqlash bo‘yicha tartiblar va shaxsiy uchrashuvlarning ahamiyati. Shuningdek, PropTech, EdTech, GovTech va B2B SaaS yo‘nalishlarida ehtiyojning sezilarli darajada ortib borayotgani ko‘rsatildi.
_Nd5I0fK.jpg)
Tadbir yakunida startaplar olib borilgan uchrashuvlar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish, qo‘shimcha materiallar tayyorlash va potensial pilot loyihalar hamda hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganishni rejalashtirmoqda.
- #Startup
- #Yangilik
- #Investitsiyalar
- #Meeting
- #Expo
Mavzular:









