12-noyabr

Yashil innovatsiyalar va tadbirkorlik bo‘yicha xalqaro iCCiEE5 seminari Toshkentda bo‘lib o‘tdi
2025-yil 5–6-noyabr kunlari Yangi O‘zbekiston universitetida iCCiEE5 – Intercultural Co-Creation for International Entrepreneurship Education nomli xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir barqaror tadbirkorlik va “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga bag‘ishlandi.
Seminarda O‘zbekiston, Germaniya va Iordaniya davlatlaridan talabalar, o‘qituvchilar, tadbirkorlar va mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbirni Baxodir Axmedov, o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor, hamda Azizbek Maraximov, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor, ochib berdi.

Dastur doirasida “Green Business Models and Responsible Innovation: Global and Local Perspectives” mavzusida taqdimotlar va panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Muhokamani TUM International GmbH kompaniyasining katta menejeri Katrin Albrext olib bordi.

IT Park Uzbekistan nomidan Startaplarni rivojlantirish va investitsiyalar bo‘yicha direktori Elyor Maksudov “Green Digital Future” mavzusida taqdimot o‘tkazib, “yashil raqamlashtirish” va barqaror rivojlanish konsepsiyasi haqida so‘z yuritdi hamda IT Parkning texnologiyalar, innovatsiyalar va ekologik mas’uliyatni birlashtiruvchi markaz sifatidagi rolini ta’kidladi.

iCCiEE loyihasi DAAD (Germaniya akademik almashinuv xizmati) tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va quyidagi hamkorlar bilan amalga oshirilmoqda:
- Yangi O‘zbekiston universiteti (O‘zbekiston)
- HTW Dresden amaliy fanlar universiteti (Germaniya)
- Germaniya-Iordaniya universiteti (Germaniya/Iordaniya)
- TUM International GmbH (Germaniya)
- #Yangilik
- #Meeting
Mavzular:









