18-avgust

O‘zbekiston — Markaziy Osiyo mintaqaviy finalining rasmiy tashkilotchisi
Faxr bilan e’lon qilamizki, “Global Startup Awards” tanlovining birinchi Markaziy Osiyo mintaqaviy finali joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekistonda, mintaqadagi eng yirik tadbirlardan biri — “ICT Week” doirasida, IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Boy madaniy merosi, jadal rivojlanib borayotgan innovatsion ekotizimi va raqamli transformatsiyaga sodiqligi bilan O‘zbekiston yangi global texnologiyalar va tadbirkorlik markaziga aylanmoqda. Mamlakatimiz — Markaziy Osiyoning eng istiqbolli startaplari va ekotizim yetakchilarini bir joyga toʻplash hamda ularni e’tirof etish uchun ideal maydon.
“StartupBlink” va “Startup Genome” tomonidan eʼlon qilingan “Global Startup Ecosystem Index 2025” natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyoning eng tez rivojlanayotgan startap ekotizimi sifatida tan olindi, dunyoda oʻsish surʼatlari boʻyicha 2-oʻrinni egalladi hamda ilk bor eng yaxshi 100 global startap ekotizimlar roʻyxatiga kirdi. Mamlakat strategik islohotlar, investitsion faollikning ortishi va “Uzum” kabi yetakchi texnologik kompaniyalarining paydo bo‘lishi hisobiga jahon reytingida 98-o‘ringa ko‘tarildi. Toshkent shahri ham sezilarli o‘sishni namoyish etib, mintaqaviy innovatsion hab maqomini mustahkamladi.
Markaziy Osiyo mintaqaviy finali O‘zbekiston, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonda biznes, texnologiya va innovatsiyalar kelajagini shakllantirayotgan jasoratli innovatorlarga eʼtibor qaratadigan muhim tadbir boʻladi.
Mazkur tadbir mintaqaning eng yaxshi tadbirkorlarini jamlab, yangi aloqalar oʻrnatilishiga, transchegaraviy hamkorlik rivojlanishiga va umumiy maqsad — kuchliroq va integratsiyalashgan startap ekotizim qurilishiga xizmat qiladi.
Tanlov nominatsiyalari:
- Accelerator / Incubator Program
- Founder of the Year
- Diversity Model of the Year
- Best Newcomer
- Ecosystem Hero of the Year
- Investor of the Year
- Best Coworking Space
- Healthtech Startup of the Year
- Youth Startup of the Year
- Startup of the Year
- Greentech Startup of the Year
- Fintech Startup of the Year
Bu voqea oddiy tanlov emas. Bu — Markaziy Osiyo startap harakatining rivojlanishida muhim bosqich, ijodkorlik, barqarorlik va jasur gʻoyalar diqqat markazida bo‘ladigan global sahna.
GSA raqamlarda: oʻzi uchun gapiradigan koʻrsatkichlar
12 yillik faoliyati davomida “Global Startup Awards” innovatsiyalar va texnologik tadbirkorlik sohasidagi yutuqlarni e’tirof etish boʻyicha dunyodagi eng yirik mustaqil platformaga aylandi. Tanlov ko‘lami va ta’siri quyidagi raqamlarda o‘z aksini topgan:
- Global startap ekotizimida 12 yillik tajriba
- Butun dunyo boʻylab 19 ta mintaqa qamrovi
- 154 ta ishtirokchi avlat
- Nomzodlar orasida 16 ta “unicorn” kompaniya
- Tashkil etilganidan buyon 160 000 dan ortiq ariza topshirilgan
- Startaplar va tadbirkorlar uchun 822 000 dan ortiq ovoz berilgan
- GSA “unicorn” kompaniyalarining umumiy qiymati 64,4 milliard dollarni tashkil etadi
Ushbu raqamlar shuni tasdiqlaydiki, “GSA” tanlovida ishtirok etish — bu shunchaki musobaqa emas, balki texnologik biznes kelajagini belgilovchi global harakatning bir qismidir.
Yangiliklarni kuzatib boring va shu yilning kuzida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan unutilmas innovatsiyalar bayramiga tayyorlaning.
- #Yangilik
Mavzular: