4-dekabr

O‘zbekiston StartupBlink tomonidan Markaziy Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan startap ekotizimi deb topildi
StartupBlink — dunyodagi eng yirik startap tadqiqot platformalaridan biri — 2025-yilgi Startup Ecosystem Awards doirasida IT Park Uzbekistan’ni “Markaziy Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan startap ekotizimi” mukofoti bilan taqdirladi.

Mazkur mukofot StartupBlink’ning global reyting algoritmiga asoslanib beriladi. Platforma 40 dan ortiq ko‘rsatkichlar bo‘yicha mamlakatlarning innovatsion rivojlanish sur’atlarini tahlil qilib boradi.
Ushbu yilgi natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston yiliga 98% o‘sish sur’ati bilan Markaziy Osiyoda eng tez rivojlanayotgan startap ekotizimi sifatida qayd etildi. Bu mamlakatda innovatsion muhitning jadallashayotgani, raqamli infratuzilmaning kengayib borayotgani va hududda ta’sir kuchi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Mukofot IT Park Uzbekistan’ning mamlakatda startap va texnologik ekotizimni shakllantirishdagi yetakchilik roli, qo‘llab-quvvatlash dasturlari va xalqaro hamkorlikni kengaytirishdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etadi.
- #Yangilik
Mavzular:









