6-fevral

Hafta yangiliklari: Investitsiya olgan startaplar
O‘zbekiston startap-ekotizimida so‘nggi haftada bir nechta loyihalar muhim investitsiya jalb qildi:
— EduFuse IT Park Ventures’dan $10,000 investitsiya oldi. Loyiha ta’lim sohasida sun’iy intellekt (AI) platformasini rivojlantirishga qaratilgan.
— JobBro Aloqa Ventures’dan $50,000 investitsiya oldi. U IT-outsourcing bozorida B2B-sotuvlarni samarali qilishni maqsad qilgan.
— Aino World Aloqa Ventures tomonidan $150,000 investitsiya oldi. Loyiha shahar prognozlari va biznes tahlili uchun AI-platforma sifatida ishlab chiqilmoqda.
— REDEEM Aloqa Ventures’dan $80,000 investitsiya oldi. Loyiha benzin stansiyalari, korporativ transport va banklarni bitta platformada bog‘lash imkonini beradi.
Ushbu investitsiyalar O‘zbekiston startaplarini texnologik rivojlanish va innovatsiyalar sohasida yangi bosqichga olib chiqishda xizmat qiladi.









