IT Park Uzbekistan bilan Janubiy Koreya bozoriga chiqing

03-Iyun
, 19:00
IT Park Uzbekistan Janubiy Koreya bozoriga chiqishni maqsad qilgan rezident kompaniyalar uchun "Korea-Entry Acceleration Program" dasturini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda hamda ushbu tashabbusga qiziqish darajasini aniqlash maqsadida ochiq so‘rovnoma e’lon qiladi.
10 haftalik ushbu gibrid dastur onlayn ta’lim sessiyalari va Janubiy Koreyadagi amaliy tajribani o‘z ichiga oladi.
Dastur imkoniyatlari:
Shaxsiy 1:1 murabbiylik va mutaxassis maslahati;
PMF, GTM strategiyasi, sun’iy intellekt, savdo va pitching bo‘yicha seminarlar;
Koreya kompaniyalari bilan B2B uchrashuvlar va investorlar bilan aloqalar o‘rnatish;
Demo kun va pitching imkoniyatlari.
Kimlar ishtirok etishi mumkin:
Janubiy Koreya bozoriga chiqishni rejalashtirayotgan IT Park rezident startaplari va IT-kompaniyalari
Talablar:
pre-seed yoki seed bosqichidagi startaplar (SaaS, sun’iy intellekt, platforma va boshqalar);
MVP, dastlabki foydalanuvchilar yoki faol mijozlar bazasining mavjudligi;
ingliz yoki koreys tilida so‘zlashuvchi ta’sischi yoki biznes vakili.
03-Iyun
, 19:00