Startup Base [Powered by IT Park] logo

Startaplar uchun patent loyihasi

O‘zbekistondagi startaplar uchun intellektual mulk va tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishda davlat bojlari hamda patent vakillarining xizmat haqlarini qoplash

Kimlar ariza topshirishi mumkin:

  • O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar.
  • startupbase.uz platformasida raqamli startaplar dasturiga ariza berib, tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan startaplar.

Qanday xarajatlar qoplanadi:

  • Intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat bojlari.
  • Patent vakillarining xizmatlari.

Ko'rib chiqish tartibi:

  • Arizalar Ekspert komissiyasi tomonidan 15 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
  • Tasdiqlangan taqdirda, arizachi platforma yoki elektron pochta orqali xabardor qilinadi.
  • Mablag‘lar qoplash bo‘yicha shartnoma imzolangandan so‘ng 10 bank kuni ichida arizachining bank hisobiga o‘tkaziladi.

Rad etish uchun asoslar:

  • To‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar.
  • Nizom talablariga mos kelmaslik.
  • Majburiy ma’lumotlarning yo‘qligi.

Agar xatoliklar aniqlansa, ariza tuzatish uchun qaytariladi va bu haqda elektron pochta orqali xabarnoma yuboriladi. Tuzatishlar startupbase.uz platformasidagi shaxsiy kabinetda kiritiladi, shundan so‘ng ariza qaytadan topshiriladi.