Plug and Play Expo 2025: Silikon vodiysining yetakchi akseleratori va venchur fondi Markaziy Osiyoning startup innovatsiyalarini Toshkentda namoyish etadi
Дворец профсоюзов Узбекистана, Ташкент
15-may
, 08:00
Toshkent, O‘zbekiston – 30 aprel 2025 yil – Markaziy Osiyoning texnologik maydonchasini yana bir bor qayta belgilashga tayyorlaning: Plug and Play Uzbekistan Expo 2025. Butun dunyoga mashhur innovatsion platforma Plug and Play tomonidan tashkil etiladigan ushbu tadbir payshanba, 15 may 2025 yil, soat 13:00 dan 19:00 gacha, Toshkentdagi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Saroyida bo‘lib o‘tadi. Butun kun davomida g‘oyalar almashuvi, networking va amaliy ma’ruzalar bo‘lib o‘tadi. Tadbirda startaplar, biznes liderlari, investorlar va hukumat vakillari ishtirok etadi – barchasi mamlakat innovatsion ekotizimini rivojlantirishga hissa qo‘shish maqsadida.
IT Park Uzbekistan bosh direktori Abdulahad Kuchkarov «Plug and Play Expo 2025 ko‘rgazmasi O‘zbekistonning mintaqaviy innovatsiya markazi sifatidagi o‘rni tobora mustahkamlanayotganini ko‘rsatmoqda. “Plug and Play” va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorligimiz orqali mahalliy startaplar rivojlanishi, sarmoya jalb qilishi va global miqyosda kengayishi uchun qulay muhit yaratmoqdamiz. IT Park Uzbekistan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarni rag‘batlantirish va mamlakatimizni Markaziy Osiyo hamda undan tashqarida texnologiya va innovatsiyalar sohasida yetakchi markazga aylantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda.» deb ta’kidladi.
Plug and Play’ning O‘zbekistondagi faoliyati allaqachon sezilarli natijalar ko‘rsatdi. Batch 3 va Batch 4 akseleratsiya dasturlari hamda yuqori darajadagi President Tech Awards tanlovi doirasida o‘nlab startaplar qo‘llab-quvvatlandi, ularning yechimlari takomillashtirildi va moliyalashtirish yo‘lga qo‘yildi. Bu dasturlar nafaqat alohida kompaniyalarni rivojlantirdi, balki ijodkorlik va ambitsiya asosida o‘sib borayotgan jonli ekotizimni shakllantirdi. Expo 2025 esa mazkur yutuqlarni nishonlash va o‘zbek innovatorlarining moliyaviy xizmatlarni kengaytirishdan tortib shahar infratuzilmasini modernizatsiyalashgacha bo‘lgan mahalliy muammolarni qanday hal qilishini global bozorlarga namoyish etish uchun ajoyib platforma bo‘ladi.
Muhammad Mahmudov, Plug and Play Uzbekistan direktori, shunday deydi:
“2025 yil Plug and Play’ning O‘zbekiston Raqamli Texnologiyalar Vazirligi va IT Park Uzbekistan bilan hamkorligida muhim bosqich hisoblanadi. Biz birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz orqali bizning akseleratsiya dasturlarimiz sifatini oshirdik, global miqyosdagi standartlarni mahalliy ehtiyojlarga yaxshiroq moslashtirdik. Jumladan, soha bo‘yicha ixtisoslashuv – fintech va korporativ AI programmalari – va korporativ tanishtirishlar bilan venchur kapital jalb etishni birlashtirish strategiyasi amalga oshirildi. Vazirlik va IT Park bilan hamkorlikni davom ettirib, startaplarni kengaytirish va mintaqaning kelajakdagi «yedinoroglarni» yetishtirishga intilamiz.”
Tadbir dasturi
Asosiy spikerlar
Ular kun davomida mamlakatlararo hamkorlik, innovatsiyalarga sarmoya va mintaqaning texnologik salohiyatini ta’kidlaydigan ochilish nutqlarini so‘zlaydilar.
1 aprel kuni boshlanib, 17 ta startapni o‘z ichiga olgan uchinchi akseleratsiya to‘lqini:
20 yanvar kuni boshlangan va hozirda 15 ta startapni o‘z ichiga olgan to‘rtinchi akseleratsiya to‘lqini:
Plug and Play’ning O‘zbekistondagi faoliyati IT Park Uzbekistan va Raqamli Texnologiyalar Vazirligi bilan birga startaplarni xalqaro tarmoq bilan bog‘lab, mentorlardan tortib moliyalashtirish va bozorgacha bo‘lgan imkoniyatlarni taqdim etdi. Expo 2025 ushbu tezkor rivojlanishni yanada kuchaytirib, startaplar uchun nafaqat namoyish maydoni, balki keyingi bosqichlar uchun turtki beradi.
Yosh va texnologiyaga qiziqqan aholisi hamda raqamli transformatsiyani qo‘llab-quvvatlayotgan hukumat bilan O‘zbekiston mintaqada yetakchi o‘rinlarni egallashni maqsad qilgan. Expo xalqaro investorlarning diqqatini jalb qilib, mamlakatni jahon maydoniga olib chiqadi. Ishtirokchilar esa ushbu tarixiy lahzada – O‘zbekistonning global sahnaga chiqishida – bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Rasmiy hamkorlar
IT Park (O‘zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi huzuridagi) – startaplarni ishga tushirish va bozorga chiqarish uchun infratuzilma va erkin iqtisodiy zona.
O‘zbekiston Raqamli Texnologiyalar Vazirligi – milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish, telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish dasturlarini amalga oshiradi.
Plug and Play Tech Center haqida
Plug and Play Tech Center — startaplar, investorlar va korporatsiyalarni birlashtiruvchi global innovatsion platforma. Dunyo bo‘ylab 50 dan ortiq ofisga ega platforma startaplarga o‘sish va muvaffaqiyatga erishish imkonini beradi. Dropbox, PayPal va LendingClub kabi kompaniyalarning ishga tushishiga ko‘maklashgan. Plug and Play Uzbekistan esa mahalliy startap ekotizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan.
OAV so‘rovlari va qo‘shimcha ma’lumot uchun murojaat:
Dastur menejeri — Aziza Ortikkhujaeva:
Telefon: (+998) 91-191-60-10.
15-may
, 08:00
Дворец профсоюзов Узбекистана, Ташкент